Benom (Sarvar va Komil nomi bilan ham tanilgan) – 2010-yilda Sarvar Azimov va Komil Fozilovlar tomonidan tashkil etilgan oʻzbek pop guruhi.

Tarixi Guruh aʼzolari Sarvar Azimov va Komil Fozilovlar maktabda tanishib, doʻst boʻlishgan va maktab tadbirlarida birgalikda qoʻshiqlar kuylab yurishgan. 2006-yilda ular hamkorlikdagi ilk loyihasi, „Armon“ qoʻshigʻini kuylashgan. 2010-yilga kelib esa, ular Tarona records kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasini tuzib, rasman Benom guruhi sifatida faoliyat yurita boshlashgan. Shu yili guruhning „Qizaloq“ nomli ilk taronasi ham taqdim etilgan. 2012-yilda esa ular Sarvar va Komil nomi ostida ham ijod qila boshlangan.

Konsert dasturlari „Bir muhabbat“ qissasi (2017) „Chunki bu biz“ (2018) „Sen borsanki“ (2019) „Yana bu biz“ (2022) „The best“ (2023) „Agarda“ (2023) „The best 2“ (2024) „The BEST-3“ (2025-yil 30—5-may)

Konsert va tadbirlar (2025) 2025-yilda Benom guruhi faoliyati juda sermahsul bo‘ldi. Ular yangi qo‘shiqlar, konsertlar va xalqaro safarlar bilan muxlislarini quvontirdilar. Quyida ularning asosiy tadbirlari va yangiliklari haqida ma'lumotlar keltirilgan:

• "The BEST-3" konsert dasturi: 2025-yil 30-aprelidan 5-maygacha Toshkentdagi "Xalqlar Do‘stligi" saroyida bo‘lib o‘tgan ushbu konsertda guruh o‘zining eng mashhur hitlarini jonli ijroda taqdim etdi.

• "Sen borsanki" albom taqdimoti: Yangi albom 2025-yilda chiqarildi va YouTube platformasida taqdim etildi“Sen borsanki” albomi (2025) — YouTube'da tomosha qilish. Qaraldi: 2025-yil 8-may..

• "Chak-chak" qo‘shig‘i premyerasi: 8-aprel kuni yangi qo‘shiq premyerasi bo‘lib o‘tdi va bir nechta radiostansiyalarda namoyish etildihttps://t.me/benom — Benom guruhi rasmiy Telegram kanali. Qaraldi: 2025-yil 8-may..  

• Hududiy konsertlar: Guruh Andijon, Buxoro, Samarqand, Zarafshon va boshqa shaharlarda jonli konsertlar o‘tkazdi. Xalqaro safarlar: Benom guruhi Germaniyada (Berlin, Hannover, Köln, Halle) va Turkmanistonda (Ashxobod) konsertlar o‘tkazdi.

Manbalar

Havolalar Benom guruhining rasmiy veb-sayti Benom guruhi Apple Musicda Benom guruhi Yandex Musicda Benom guruhi Spotifyda Sarvar: https://www.instagram.com/sarvar_benom Komil: https://www.instagram.com/komil_benom

Turkum:Oʻzbek musiqiy guruhlari Turkum:2010-yilda tashkil etilgan musiqiy guruhlar