Murtazo Qarshiboy (asl ismi: Murtoza Mamatqulovich Qarshibayev, 1961-yil 6-fevral, Payariq tumani, Samarqand viloyati) – jurnalist, yozuvchi, muharrir, davlat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist (2001-yil). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari. Xitoy Xalq Respublikasining „Matbuot sohasidagi ulkan hissasi uchun“ xalqaro mukofoti sohibi.

Hayoti va taʼlimi Murtazo Qarshiboyev dehqon oilasida 1961-yil 6-fevralda Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi Boʻzgʻovul qishlogʻida tugʻilgan.

Qishloqdagi oʻrta maktabni yakunlab, harbiy xizmatga ketdi (1979 — 1981). Harbiy xizmatdan soʻng 1982-yili Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetidagi Oʻzbek filologiyasi fakultetiga hujjat topshirdi. 1987-yilda oliy taʼlimni tamomlagandan keyin „Yoshlik“ jurnalida faoliyatini boshlagan. Jurnalistik faoliyati davomida „Mushtum“ jurnalida (1989 — 1992), „Vatan“ gazetasida (1992 — 1993), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligida (1993–1991), „Tafakkur“ jurnalida (1994–1998), „Respublika“ gazetasida (1998–1999) ishlagan.

Mukofotlari Doʻstlik ordeni (2026-yil 22-avgust) — Yangi O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, uning iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish borasidagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun.

Manbalar

Turkum:Samarqand davlat universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekistonlik yozuvchilar Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalistlar