Christiane Nüsslein-Volhard (nemischa: Christiane Nüsslein-Volhard; 1942-yil 20-oktabrda tugʻilgan, Magdeburg, Germaniya) – nemis biologi, Maks Plank jamiyati tarkibidagi Rivojlanish biologiyasi instituti direktori, falsafa fanlari doktori (1973), professor (1985-yildan), fizika va tibbiyot boʻyicha 1995-yilgi Nobel mukofoti laureati (E. Wieschaus va E. Lewis bilan birgalikda).
Hayoti Christiane Nüsslein-Volhard 1942-yil 20-oktyabrda Magdeburgdagi arxitektor Rolf Volxard va bolalar bogʻchasi oʻqituvchisi Brigitte Haas Volhard oilasida besh farzandning ikkinchisi boʻlib tugʻilgan. Uning toʻrt akasi, uchta singlisi va bir ukasi bor. Christiane oʻzi oʻsib ulgʻaygan Frankfurtdagi maktabga borgan. Uning bobosi kimyogar Jeykob Volhard ediAn interview with Christiane Nüsslein-Volhard , 2017.
Christiane bolaligidayoq biolog boʻlini orzu qilgan. Yosh Christiane maktabni oʻrtacha baholar bilan tugatgan boʻlsa-da, oʻqituvchilar uning isteʼdodiga allaqachon tan berishgan edi. Christiane maktabni tugatib bio-kimyoni oʻrganish uchun Tübingenga boradi. U yerda Christiane DNKni oʻrganish boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini olgan. 1975-yildan boshlab u Bazeldagi laboratoriyada ishlay boshlagan va u yerda E. Wieschaus bilan tanishgan. 1978-yilda ular Geydelbergda molekulyar biologiya laboratoriyasida ishlaganlar. 1980-yilga kelib Christiane va Wieschaus Nature jurnalida oʻzlarining ilk maqolalarini nashr etishgan. 1981-yilda ular Nüsleyn-Volxard Tübingendagi laboratoriyada oʻz faoliyatini boshlashgan. Bu yerda ular Drosophila ustida tatqiqot ishlarini amalga oshirishgan. 1985-yildan Christiane Maks Plank jamiyatiga qarashli Rivojlanish biologiyasi institutiga direktor etib tayinlangan.
2004-yilda Christiane oʻz nomidan (Christiane Nüsslein-Volhard Stiftung) jamgʻarmaga asos solgan. Bu jamgʻarma yosh nemis olima ayollariga bola parvarishi va uy ishlarida yordam berish uchun ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.
2016-yilda Christiane Greenpeace, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Butun dunyo hukumatlarini genetik jihatdan oʻzgartirilgan organizmlarga (GMO) qarshi kurashni toʻxtatishga chaqiruvchi xatiyani imzolagan. Manbalar
Turkum:1942-yilda tugʻilganlar Turkum:Nemis biokimyogarlari Turkum:Ayollar Nobel mukofoti laureatlari Turkum:Germaniyalik Nobel mukofoti sovrindorlari