Fares Badavi (1996-yil 25-iyulda tugʻilgan) — Falastinlik dzudochi. U 2024-yil Parij Olimpiadasida 81 kg vazn toifasida qatnashgan. Badavi Suriyaning Damashq shahrida tug‘ilgan va hozirda Germaniyada yashab, faoliyat yuritmoqda.
Shaxsiy hayoti Fares Badavi 1996-yil 25-iyulda Damashqda, Falastinlik qochqinlar oilasida tugʻilgan. Uning ota-onasi, Ndal va Amera Badavi, aslida Falastinning Tarshiha shahridan kelib chiqqan. Suriyadagi fuqarolar urushi tufayli 2015-yilda u oilasi bilan Germaniyaga qochib oʻtgan va Braunschweig shahrida joylashgan. Badavi 9 yoshidan boshlab Yarmouk qochqinlar lageridagi Arab Falastin Klubi aʼzosi boʻlib, murabbiy Muhhamed Al-Nimr boshchiligida dzudo bilan shugʻullana boshlagan. Germaniyaga kelganidan keyin, u Braunschweig Texnika Universitetida fuqaro muhandisligi boʻyicha magistratura darajasini olish uchun oʻqishga kirgan. Uning ona tili arabcha boʻlsa-da, u nemis va ingliz tillarini ham puxta oʻrgangan.
Sport faoliyati Fares Badavi Germaniyaga koʻchib oʻtgach, Göttingen sport klubiga qoʻshildi va Germaniyaning milliy turnirlarida ishtirok eta boshladi. U 2017-yilda Gamberg shahrida oʻtkazilgan musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2019-yilda Badavi Budapesht shahrida Qochqinlar Jamoasi tarkibida xalqaro arenadagi debyutini oʻtkazdi va Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan Jahon Dzudo Chempionatida 73 kg vazn toifasida qatnashdi. Keyinchalik, u 2020-yilda Parij Dzudo Grand Slam musobaqasida va Dyusseldorf shahrida oʻtkazilgan musobaqalarda qatnashdi. 2021 va 2022-yillarda Jahon Chempionatlarida ishtirok etib, 73 kg vazn toifasida 33-oʻrinni, 81 kg vazn toifasida esa 17-oʻrinni egalladi. 2023-yilda u Falastin nomidan birinchi marta Madridda oʻtkazilgan Yevropa musobaqasida ishtirok etdi va keyinchalik Xitoyning Xanchjou shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo Oʻyinlarida 90 kg vazn toifasida qatnashdi. Badavi 2024-yilda Parijda oʻtkazilgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 81 kg vazn toifasida qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Ammo, u 32-raundda Tojikistonlik sportchi Somon Mahmadbekov bilan boʻlgan jangda magʻlubiyatga uchradi.
Ma'lumotlar Braunschweig Texnika Universiteti magistratura dasturi talabasi Arab, nemis va ingliz tillarida erkin soʻzlashadi
Manbalar
Havolalar International Judo Federation - Fares Badavi profil sahifasi Paris 2024 - Olimpiya o‘yinlari rasmiy veb-sayti
Turkum:Dzyudochilar Turkum:Falastinlik sportchilar Turkum:Olimpiada ishtirokchilari