Samuel „Samu“ Omorodion Aghehowa (2004-yil 5-mayda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, La Liganing Atlético Madrid klubi hujumchisi.
Klublardagi karyerasi Granada Ota-onasi nigeriyalik boʻlgan Omorodion Ispaniyaning Melilla shahrida tugʻilgan. U yoshlik chogʻlaridayoq oilasi bilan Sevilla shahriga koʻchib oʻtgan. Dastlab mahalliy AD Nervión klubida toʻp surgan futbolchi keyinchalik 2021-yildan boshlab faoliyatini Granada jamoasining yoshlar akademiyasida davom ettiradi.
2022-yilning 6-martida Omorodion Granada klubining zaxira jamoasi Recreativo Granada safida Marchamalo klubiga qarshi bahsa debyut qilgan. 25-sentabr kungi El Ejido bilan bahsda oʻz hisobiga faoliyatidagi ilk golni yozdirib qoʻygan.
2023-yilning 20-aprelida Omorodion „Nazaríes“ bilan shartnomasini 2028-yilga qadar uzaytirdi. 2022-2023-yilgi mavsum davomida Granada B jamoasi safida 18 ta gol urgan hujumchi La Liga va Preymer-liganing turli klublarida qiziqish uygʻota boshlagan.
2023-yilning 14-avgustida Omorodiona asosiy jamoa bilan La Ligadagi debyutini amalga oshirgan. Atlético Madrid klubiga qarshi uchrashuvda hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga ham aylangan, shunga qaramasdan oʻyin soʻnggida oʻtkazib yuborilgan gollar tufayli jamoasi 3-1 hisobida magʻlubiyatga uchragan.
Atlético Madrid 2023-yilning 21-avgustida Omorodion rasman Atlético Madrid klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi.
Deportivo Alavés (ijara) Oʻsha yilning 26-avgustida Omorodion Ispaniyaning boshqa bir klubi Deportivo Alavés bilan mavsum yakuniga qadar moʻljallangan ijara shartnoma imzoladi. 2023-2024-yilgi mavsumda u La Ligada 8 ta gol urgan holda jamoasining toʻpurariga aylandi.
Terma jamoadagi karyerasi Omorodion ham Ispaniya, ham Nigeriya terma jamoalari uchun oʻynash huquqiga ega.
2023-yil aprel oyida Omorodion Ispaniyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga ilk chaqiruvini oldi. Oʻsha yilning iyul oyida u Maltada boʻlib oʻtgan 2023-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi.
Statistika
+KlubMavsumLigaCopa del ReyYevropaBoshqaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarRecreativo Granada2021-2022Segunda División RFEF30———302022-2023Segunda Federación2914——443318Umumiy3214——443618Granada2023–2024La Liga11———11Atlético Madrid2023-2024La Liga0000000000Alavés (ijara)2023–2024La Liga34810——358Umumiy67231000447227
Sovrinlar Shaxsiy La Liga oyning eng yaxshi oʻyinchisi: 2023–2024-yilgi mavsum fevral (Álex Sola bilan)
Manbalar
Havolalar
Turkum:2004-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar
Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida medal sohiblari Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar Turkum:Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Sportchilar