Xurshida Arabshoyeva – kino va teatr aktrisasi va „Saʼnat va madaniyat fidokori“ koʻkrak nishoni sohibasi.
Biografiyasi Xurshida Arabshoyeva 1991-yil 13-oktyabrda Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri Hovost tumanida tugʻilgan. Dastlabki taʼlimini Hovost tumanidagi 89-sonli maktab-gimnaziyada boshlagan. 1999-yilda Toshkent shahriga koʻchib kelganidan soʻng, 164-maktabda tahsil olgan.
2005—2010-yillarda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida raqs sirlarini oʻrgangan. 2010—2014-yillarda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining „Estrada aktyorligi“ fakultetida tahsil olgan. Fakultetda tahsilini tamomlab, institutning „Oʻquv teatri“da aktrisa sifatida ishlay boshlagan. Mehnat faoliyatini 2008-yilda „Sabo“ milliy raqs ansamblida balet artisti sifatida davom ettirgan va 2013-yilgacha ushbu ansamblda faoliyat koʻrsatgan.
Faoliyati Aktrisa 2016—2024-yillarda „Diydor“ teatr-studiyasida ijod qilgan. Bahodir Yoʻldoshev tomonidan sahnalashtirilgan „Yulduzli tunlar“ spektaklidagi Zuhrabegim roli orqali tomoshabinlar orasida katta eʼtirofga sazovor boʻlgan. Arabshoyeva Üzeyir Hacıbəyovning „Arshin mol alan“ pyesasining birinchi talqinida Gulchehra, ikkinchisida esa Jahonbibi rolini ijro etgan.
Yolqin To‘ychiyevning „Mono-lock“ spektaklida Halima personajini jonlantirgan. Barzu Abdurazzoqovning „Oʻt qoʻyuvchilar“ spektaklida professorning ayoli Klara rolini ijro etgan. Jahongir Qosimovning „Avtohalokat“ spektaklida Simona obrazini yaratgan.
2024-yil aprel oyidan boshlab „Turon“ davlat harbiy teatrida faoliyat yuritib kelmoqda. Sayfiddin Meliyev tomonidan sahnalashtirilgan „Hamma qoʻshiq ishq haqida“ spektaklida Makbet xonim rolini ijro etgan. „Omon boʻlsang, unutma!“ spektaklidagi kelin obrazi orqali urush dahshatlari mavzusiga bagʻishlangan spektaklda ishtirok etgan. „Oila“ musiqiy kompozitsiyasida goʻzal raqslar ijro etgan. „Biz yurgan oydin koʻchalar“ dasturida shoira obrazida koʻrinish bergan.
Xurshida Arabshoyeva kinoda ham samarali ijod qilib kelmoqda. U mahoratli rejissorlar tomonidan suratga olingan badiiy filmlarda oʻzining isteʼdodini namoyish etgan. Ayniqsa, u yangi davr oʻzbek kinosining eng yaxshi rejissorlaridan biri boʻlgan Rustam Sa’diyev bilan ijodiy hamkorlik qilgan. Arabshoyeva 2016-yilda „Oʻzbekkino“ milliy agentligi buyurtmasiga koʻra „Davr primyer“ kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan „Baron“ filmida baronning qizi Zebo rolini ijro etib, katta kinodagi ilk qadamlarini tashlagan. Rejissorning „Er bermoq – jon bermoq-2“ (2017) filmida kelinchak, „Merosxoʻr“ (2018) filmida esa Mumtoza rollarini ijro etgan.
Xurshida Arabshoyeva 2017-yildan Faxriddin Nisomov senariysi asosida rejissor Jahongir Qosimov tomonidan suratga olingan „Nazira“ filmida bosh qahramon Naziraning qizi Lola rolini ijro etgan. Film siyosiy muhit va ijtimoiy hayot bosimi ostida ham kurashishda davom etgan ayol qismati haqida hikoya qiladi.
Yolqin Toʻychiev tomonidan 2023-yilda suratga olingan „Evrilish“ filmida Xurshida enaga rolini oʻynagan. Shuningdek, „Qora zarba“ (2018, rejissor Samidxon Lutfullayev), „Temur musht“ (2018, rejissor Mirkamol Karabayev), „Orzular qanotida“ (2021, rejissor Ergash Moʻminov), „Maktab hayotim“ (2023, rejissor Ilhom Muhammadibrahimov), „Armon“ (2013, rejissor Ruslan Saliyev), va „Mening oʻgʻlim rassom“ (2024, rejissor Mirkamol Karabayev) kabi filmlarda turli rollarni ijro etgan.
Mukofotlari Xurshida Arabshoyeva 2023-yilda „Saʼnat va madaniyat fidokori“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. 2025-yil Oltin humo milliy kinotaqdimotining Eng yaxshi aktrisa yoʻnalishida “Paxta” filmidagi ijrosi uchun nominatsiyalangan.
Filmografiyasi
Filmlardagi rollari T/rFilm nomiRolRejissyorYil1"Qora zarba"Giyohvand qizSamiddin Lutfullayev20082"Armon"AyolRuslan Saliyev20133"Baron"ZeboRustam Saʼdiyev20164"Nazira"LolaJahongir Qosimov20175"Temir musht"KotibaMirkamol Karabayev20186"Merosxoʻr"MumtozaRustam Saʼdiyev20187"Orzular qanotida"KlaraErgash Moʻminov20218"Maktab hayotim"OʻquvchiIlhom Muhammadibrahimov20239"Evrilish"EnagaYolqin Toʻychiyev202310"Mening oʻgʻlim rassom"OʻqituvchiMirkamol Karabayev202411“Paxta”Rashid Malikov
Seriallarda: +T/rSerial nomiRolRejissyorYil1"Qadam"ShahloBaxtiyor Safarov20202"Izquvar-2"RozaErgash Moʻminov20223"Tugʻmas"LobarIlhom Muhammadibrahimov20224"Chegaradagi qishloq-2"RuhsoraHusnora Roʻzmatova20225"Tom-chi"KlaraAbdulaziz Rashidxoʻjayev20236"Qadam-2"ShahloBaxtiyor Safarov20247"Debillar"KotibaAbdulaziz Rashidxoʻjayev2024
Qisqa metrajli filmlar „Skoch“da ayol, 2023-yil, rejissor Munisa Magamet;
„Meni sev“da ayol, 2024-yil, rejissor Eldor Qudratillayev;
„Unsin“da dodxohning 3-xotini, 2024-yil, rejissor Shohrux Norqulov.
„Vaqt“ ijtimoiy rolik, 2022-yil, rejissor Shohrux Norqulov.
Musiqiy kliplar „Soʻnggi nafas“, 2013 -yil, Rayhon;
„Soʻnaman“, 2014-yil, Rayhon
Manbalar
Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar