Hans Christian Andersen mukofoti – International Board on Books for Young People (IBBY) tomonidan „bolalar adabiyotiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun“ bitta muallif va bitta illyustratorning har biriga alohida topshiriladigan adabiy mukofot hisoblanadi„Hans Christian Andersen Awards“ .. Yozuvchiga beriladigan mukofot ilk bor 1956-yilda, illyustratsiya mukofoti esa 1966-yilda oʻz egasiga topshirilgan. Ushbu mukofotni koʻp hollarda „kichik Nobel“ deb atashadi.

Har ikki mukofot XIX asrda yashab ijod qilgan daniyalik yozuvchi Hans Christian Andersen sharafiga nomlangan va har bir gʻolib Hans Christian Andersen medali va diplom bilan taqdirlanadi. Medallar ikki yilda bir marotaba oʻtkaziladigan IBBY kongressida topshiriladi.

Tarixi The International Board on Books for Young People (IBBY) 1950-yilda Jella Lepman tomonidan tashkil etilgan. Hans Christian Andersen mukofotini joriy qilish 1953-yilda taklif qilingan va uch yildan soʻng, 1956-yilda ilk marotaba ushbu mukofot oʻz egasiga topshirilgan. Mukofot Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda bolalar adabiyotiga oid sifatli kitoblar sonini koʻpaytirish va yozuvchilarni ragʻbatlantirish uchun joriy etilgan. Mukofot ikki yilda bir marotaba berilishi belgilangan va dastlab oldingi ikki yil davomida nashr etilgan asarlar uchun topshirilgan. 1962-yilda mukofot egasini aniqlash mezonlari oʻzgargan. Unga koʻra, mukofot oʻz asarlarining qiymati bilan bolalar adabiyotiga doimiy hissa qoʻshib kelgan tirik muallifga berilishi koʻzda tutilgan. Muallifning toʻliq asarlari, xususan, badiiy asarlari ham mukofot topshirishda inobatga olinadi.

Hakamlar hayʼati Ushbu mukofot gʻoliblari IBBY ijroiya qoʻmitasi tomonidan tuzilgan hakamlar hayʼati tomonidan tanlanadi. Hakamlar hayʼati prezidenti IBBY bosh assambleyasi tomonidan saylanadi. Dastlab hakamlar soni 7 tani tashkil qilgan boʻlsa, 2000-yilda ular soni 10 taga yetgan. 2002-yilda hakamlar hayʼatida boʻlinish yuz bergan, yaʼni, 5 kishi asarlarga va qolgan 5 kishi illyustratsiyalarga javobgar qilib qoʻyilgan. Hakamlar hayʼati aʼzolari bolalar adabiyoti yoʻnalishida yetarli malakaga ega boʻlishi va turli xil guruhlarni ifodalashi kerak. Nomzodlarni koʻrib chiqish va gʻolibni aniqlash uchun odatda 6 oy muddat kerak boʻladi.

Jella Lepman 1956–1960-yillar davomida hakamlar hayʼati raisi sifatida faoliyat olib borgan va vafotiga qadar (1970-yil) IBBY prezidenti lavozimida, keyin esa uning faxriy prezidenti sifatida hakamlar hayʼati safiga kiritilgan. Prezidentlar safida Virginia Halivand (1970-1974), Patricia Crampton (1982-1986) va Ana Maria Machado (1986–1990) kabi taniqli insonlar ham ishlagan„Hans Christian Award jury members“. Glistrup, ed., pp. 119–24. Retrieved 12 July 2013..

Asar uchun beriladigan mukofot sohiblari

+Asar uchun beriladigan mukofot sohiblariYiliGʻolibMamlakatMukofot1956 Buyuk Britaniya 1958 Shvetsiya 1960 GFR 1962 AQSh 1964 Fransiya 1966 Finlandiya Avstriya Italiya Ispaniya1968 GFR Ispaniya Italiya AQSh1970 Italiya Ispaniya AQSh Yugoslaviya1972 AQSh Fransiya GFR Ispaniya Shvetsiya SSSRSiny van Iterson Niderlandiya1974 Shvetsiya Daniya Fransiya Buyuk Britaniya1976 Daniya SSSR AQSh1978 AQSh Buyuk Britaniya1980 Chexoslovakiya Braziliya Shvetsiya1982 Braziliya 1984 1986 1988 1990 1992 1994 1996 1998 Buyuk Britaniya2000 Buyuk Britaniya2002 Buyuk Britaniya 2004 Shveysariya2006 Yangi Zelandiya Buyuk Britaniya 2008 Shveysariya Buyuk Britaniya2010 Buyuk Britaniya 2012 2014 2016 2018 Yangi Zelandiya 2020 2022Marie-Aude MurailMaría Cristina RamosFatima Sharafeddine Annika ThorMargaret Wild2024Heinz JanischMarina ColasantiLee Geum-yiBart MoeyaertTimo ParvelaEdward van de Vendel

Illyustratsiya uchun beriladigan mukofot sohiblari

+Illyustratsiya uchun beriladigan mukofot sohiblariYilGʻolibMamlakatMukofot 1966 Buyuk Britaniya 1968 Buyuk Britaniya 1970 1972 GFR 1974 Eron Buyuk Britaniya 1976 1978 1980 1982 1984 GFR Buyuk Britaniya 1986 1988 1990 1992 1994 1996 1998 2000 Buyuk Britaniya 2002 Buyuk Britaniya 2004 2006 2008 2010 2012 Buyuk Britaniya 2014 Buyuk Britaniya 2016 2018 2020 2022Suzy LeeBeatrice AlemagnaRyoji AraiIwona ChmielewskaGustiSydney Smith2024Sydney SmithCai GaoIwona ChmielewskaNelson CruzElena OdriozolaPaloma Valdivia

Mamlakatlar boʻyicha gʻoliblar Gʻoliblarning aksariyat qismi Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlari fuqarolaridir. Ushbu mintaqalardan tashqari mamlakatdan boʻlgan ilk gʻolib 1974-yilda eronlik Farshid Mesghali boʻlgan. Mukofotga sazovor boʻlish muallif va illyustratorlar uchun butun dunyoga tanilish va asarlari keng miqyosda sotilishi uchun debocha hisoblanadi. 2021-yil holatiga koʻra, 25 mamlakat fuqarolari ushbu mukofotga loyiq topilgan. Ular orasida amerikaliklar eng koʻp hisoblanadi. Nemislar toʻrt bora illyustratsiya yoʻnalishida mukofotga loyiq koʻrilgan. +MamlakatIllyustratsiya uchunAsar uchunUmumiy167426235 Buyuk Britaniya235314314123213123123112112112—22—111—1—111—1—11—111—1—111—1—11—11—111—11—11—1

Yana qarang Adabiy mukofotlar roʻyxati

Manbalar

Adabiyotlar

turkum:Hans Christian Andersen turkum:Daniya adabiy mukofotlari turkum:Bolalar adabiyoti uchun mukofotlar Turkum:Adabiyot Turkum:Adabiy mukofotlar Turkum:Bolalar adabiyoti