Angela White (1985-yil 4-martda tugʻilgan, Sidney, Avstraliya) – avstraliyalik pornoaktrisa va rejissyor. Angela 2003-yilda kattalar uchun moʻljalangan kinolarda chiqishni boshlagan. Angela 2020-yilda AVNning Yilning ayol ijrochisi mukofotini qoʻlga kiritgan. Bu Angelaning uchinchi martta Yilning ayol ijrochisi mukofotini olishi boʻlgan.
Biografiyasi
Angela White porno sohasidagi faoliyatini 2003-yilda, 18 yoshida boshlagan. Oʻsha paytda u hali oʻrta maktabda oʻqir edi. White Amerikaning The Score Group studiyasida model boʻlib ishga kirgan. Dastlabki sakkiz yil davomida White faqat yakkaxon va lezbo-sahnalarni ijro etgan. 2011-yili u oʻzining birinchi porno sahnasini erkak bilan amalga oshirgan va DVD diskida Angela White Finally Fucks nomi ostida chiqarilgan. Oʻsha yili Score jurnali Whiteni „Yilning eng yaxshi porno ijrochisi“ deb topgan. XBIZ Angela Whiteni „Avstraliyadagi eng taniqli porno ijrochisi“ deb tariflagan. The Daily Beast uni „Pornoning Meril Stripi“ deb atagan.
2014-yil oktabr oyida White Girlfriends Films bilan filmlarni chiqarish uchun distribyutorlik shartnomasini imzolagan. Xuddi shu oyda Fleshlight, erkaklar uchun onanizm vositasi ishlab chiqaruvchilar Whiteni oʻzlarining eng yangi Fleshlight Girl deb nomlaganlar. U Fleshlight Girl nomini olgan birinchi avstraliyalik boʻldi.
2016-yil sentabrida XBIZga bergan intervyusida White Qo‘shma Shtatlarga koʻchib oʻtganini va Brazzers, Naughty America va Jules Jordan kabi kompaniyalar bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.
2018-yil yanvar oyida White Nevada shtati Las-Vegas shahrida komediyachi Aries Spears va Xarli Lotts bilan birgalikda AVN mukofotining 35-yillik yubileyiga mezbonlik qilgan.
2021-yilning oktyabr oyida Angela White Brazzers bilan eksklyuziv shartnoma imzolagan. Brazzers prodyuseri Rayan Xoganning aytishicha, oʻsha paytda Angela White „bizning sanoatimizdagi professionallik va yulduzlikning mutlaq choʻqqisiga chiqqan“.
2022-yil iyul oyida Brazzers „Sexually Rated Programming“ filmini chiqargan. Bu filmda Angela White ham rol ijro etgan.
2013-yilda Angela White oʻzining angelawhite.com rasmiy veb-saytini ishga tushirgan va faqat ushbu saytda koʻrish mumkin boʻlgan eksklyuziv videolarni chiqarishni boshlagan.
Taʼlimi
White Melburn universitetini 2010-yilda gender tadqiqotlari boʻyicha birinchi darajali diplom bilan tugatgan. Melburn universitetida u Avstraliyaning pornografiya sanoatidagi ayollar tajribasini oʻrgan. Whitening „Porno ijrochisi: pornografiyadan zavqlanishning radikal salohiyati“ nomli diplom ishi 2017-yilda The Routledge Companion to Media va Sex and Sexuality da chop etilgan.
Shaxsiy hayoti
Maktabda White lezbiyen boʻlib chiqdi va dastlab faqat ayollarni yoqtirardi. Vaqt oʻtishi bilan u biseksualga aylangan va White ikkala jins vakillari bilan tajriba qilishdan qoʻrqmasligini aytgan.
2013-yilda White porno aktyor Keyran Li bilan sahnani suratga olishni toʻxtatishga majbur boʻlgan. Chunki u qattiq ogʻriqdan shikoyat qilgan. Maʼlum boʻlishicha, aktrisaga appenditsit tashxisi qoʻyilgan va u shoshilinch ravishda jarrohlik amaliyotini oʻtkazishga majbur boʻlgan.
Boshqa loyihalardagi faoliyati
2007-yilda White oʻzining televizion debyutini Avstraliyaning „Pizza“ komediya serialida oʻtkazgan. Angela White Cosmopolitan, Penthouse, Beat va Time Out kabi jurnallarda keng yoritilgan. Uning surati Avstraliyaning The Sydney Morning Herald gazetasining muqovasiga ham chiqqan.
Siyosiy faoliyati
2010-yilda Angela White Viktoriya shtati saylovlarida Avstraliya Seks partiyasiga nomzod boʻlgan. White jinsiy aloqa xodimlarining huquqlari uchun kurashining keng tarafdori boʻlgan. U kattalar filmlarini tartibga solishni kamaytirish maqsadida oʻzining DVD nusxalarini Bosh prokurorga yuborgan va bu unga katta shuhrat olib kelgan. Keyinchalik White boshqa Avstraliya Seks partiyasi nomzodi Zara Stardust bilan jinsiy aloqa sahnasida rol oʻynagan. Natijada u ommaviy axborot vositalarining eʼtiborini yanada koʻproq olishiga olib kelgan.
Manbalar
Turkum:Sidneylik aktrisalar Turkum:Avstraliyalik siyosiy nomzodlar Turkum:AVN mukofoti sovrindorlari Turkum:Melburn universiteti bitiruvchilari Turkum:Pornografik film rejissyorlar Turkum:Avstraliyalik pornografik film aktrisalari