Tursunali Mamajonov (1949-yil, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR – 28-iyul 2024-yil, Farg‘ona viloyati, Oʻzbekiston) – dorboz, „Vodil chinori“ xalq dorbozlik jamoasi badiiy rahbari. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi. 1-darajali „Mehnat faxriysi“ koʻkrak nishoni sohibi.

Biografiyasi Tursunali Mamajonov 1949-yilda Fargʻona viloyatida tavallud topgan. „Vodil chinori“ xalq dorbozlik jamoasi badiiy rahbarlik qilib kelgan.

Uzoq yillar davomida Shohimardonda tomoshalar koʻrsatib kelgan. 1-darajali „Mehnat faxriysi“ koʻkrak nishoni va Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi faxrli unvoni bilan taqdirlangan.

Tursunali Mamajonov 2024-yil 28-iyul kuni 75 yoshida vafot etgan.

Mukofotlari 1-darajali „Mehnat faxriysi“ koʻkrak nishoni. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi faxrli unvoni.

Manbalar

Turkum:1949-yilda tugʻilganlar Turkum:Fargʻonada dafn etilganlar