Jamoliddin Abduhalitovich Xojiniyozov (; ; 1996-yil 18-iyul, Bayramali) – Turkmanistonlik va rossiyalik professional futbolchi, Oʻzbekistonning „Surxon Termiz“ klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Futbolchilik foaliyati Xodjaniyozov Turkmanistonning Bayramali shahrida tugʻilgan. U rus tilini yaxshi biladi.

Klub faoliyati Toshkent shaharidagi Chilonzor sport maktabi bitiruvchisi. Uning birinchi murabbiyi Gregoriy Rozyev edi. U „Akademya Tolyatti“ yoshlar klubida ham oʻynagan. 2012-yilning qishida u Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubiga koʻchib oʻtdi va 3 yillik shartnoma imzolagan. 2013-yilning 26-iyulida u „Kuban Krasnodar“ga qarshi oʻyinda jamoadagi debyutini oʻtkazganLuciano Spalletti: "We deserved a better result.

U 2015-yil 31-avgustda Daniyaning AGF klubiga qoʻshildi, „Zenit“ jamoasi esa qayta sotib olish huquqini saqlab qoldi. Uning shartnomasi 2017-yilning iyulida bekor qilinganAGF ophæver med russisk stopper‚ bold.dk, 28 July 2017. 2017-yil 2-dekabrda u Sankt-Peterburgning „Dinamo“ klubi bilan shartnoma imzolab, Rossiyaga qaytib kelgan. 2018-yil 16-iyunda u Baltika Kaliningradga koʻchib oʻtdi. 2018-yil 27-iyulda „Baltika“ tarkibida atigi ikki liga oʻyin oʻtkazganidan soʻng u Rossiya Premyer-ligasi klubi „Ural Yekaterinburg“ bilan shartnoma imzolagan. „Ural“ jamoasi tarkibida bor-yoʻgʻi ikkita oʻyin oʻtkazgan (biri ligada, ikkinchisi Rossiya kubogida) va keyinchalik uning shartnomasi 2019-yil 29-yanvarda oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilingan.

2019-yil 11-mart kuni Xoʻjaniyozov Belarusning BATE Borisov klubi bilan shartnoma imzoladi. Bir necha oy oʻtib, 2019-yilning avgustida u Ozarbayjonning „Sumgayit“ klubiga oʻtgan.

Terma jamoadagi faoliyati U 2012-yilda Rossiya yoshlar terma jamoasida oʻynashni boshlagan. Shu bilan u Viktor Bannikov xotirasiga bagʻishlangan turnirda ishtirok etib, toʻrtta oʻyinda ishtirok etgan. Turnirda jamoa finalda Ukrainaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib, ikkinchi oʻrinni egallagan.

Rossiya oʻsmirlar terma jamoasi safida 2013-yilgi 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatiga borgan. Birinchi oʻyinda Jamoliddin Rossiya uchun birinchi golini kiritgan. Ushbu turnirda u barcha beshta oʻyinni oʻtkazdi va Rossiya U-17 terma jamoasi Yevropa chempioni boʻlgan. U 2013 yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Keyinchalik u 19 yoshgacha boʻlgan Rossiya milliy terma jamoasini 2015-yilda 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida himoya qildi, u yerda Rossiya ikkinchi oʻrinni egallagan. Xojiniyozov bugungi kunda kattalar terma jamoasida halik debyut qilmagan va Rossiya yoki Turkmaniston terma jamoalaridan birining tarkibida oʻynashi mumkun.

Faoliyat statistikasi

KlubMavsumLigaKubokXalqaroJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolZenit Saint Petersburg2013–14Rossiya Premyer-ligasi200010302014–15Rossiya Premyer-ligasi00001010Jami20002040Zenit-2 Saint Petersburg2013–14Jami0––20Amkar Perm (ijara)2013–14Rossiya Premyer-ligasi10––10Zenit-2 Saint Petersburg2014–15Rossiya ikkinchi ligasi50––502015–16Rossiya birinchi ligasi10––10Jami60000060AGF2015–16Danish Superliga15030–1802016–17Danish Superliga21130–241Jami3616000421Dynamo Saint Petersburg2017–18Rossiya birinchi ligasi80––80Baltika Kaliningrad2018–19Rossiya birinchi ligasi20––20Ural Yekaterinburg2018–19Rossiya Premyer-ligasi1010–20BATE Borisov2019Belarusiya Premyer-ligasi20200040Sumgayit2019–20Ozarbayjon Premyer-ligasi16020–1802020–21Ozarbayjon Premyer-ligasi23340102832021–22Ozarbayjon Premyer-ligasi25120202912022–23Ozarbayjon Premyer-ligasi00––00Jami6448030754Akron Tolyatti2022–23Rossiya birinchi ligasi25060–3102023–24Rossiya birinchi ligasi9020–110Jami3408000420Career total1585250501885

Yutuqlar

Klub Zenit Saint Petersburg Rossiya premer-ligasi gʻolibi : 2014–15

Terma jamoa 2013-yilgi 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi futbol boʻyicha Yevropa chempionatida Rossiya terma jamoasi bilan gʻolib boʻlgan.

Eslatmalar

Manbalar

Havolalar

Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Uygʻur sportchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Turkmanistonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Ikkinchi ligasi futbolchilari Turkum:Daniya Superligasi futbolchilari Turkum:Belarus Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Ozarbayjon Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Rossiyalik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Daniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belarusdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ozarbayjondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FC Zenit Saint Petersburg futbolchilari Turkum:FC Zenit-2 Sankt-Peterburg futbolchilari Turkum:FC Amkar Perm futbolchilari Turkum:Aarhus Gymnastikforening futbolchilari Turkum:FC Dinamo Sankt-Peterburg futbolchilari Turkum:FC Baltika Kaliningrad futbolchilari Turkum:FC Ural Yekaterinburg futbolchilari Turkum:FC BATE Borisov futbolchilari Turkum:Sumgayit FK futbolchilari Turkum:FC Akron Tolyatti futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar