Micky van de Ven (; 2001-yil 19-aprelda tugʻilgan) – niderlandiyalik futbolchi, Angliyaning „Tottenham Hotspur FC“ klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati
Klub karyerasi Van de Ven Volendam klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2019-yilning 4-oktabr kuni PSV zaxirasiga qarshi oʻyinda u Ørstedivisida debyut qilgan. 2020-yil 11-dekabrda Den Boschga qarshi oʻyinda Mikky Volendam safida oʻzining birinchi golini urgan. Futbolchi 2020/21-yilgi mavsumni sardorlik bogʻichida oʻtkazgan. 2021-yilning yozida van de Ven Germaniyaning „Volfsburg“ klubiga oʻtgan. 6-noyabr kuni „FC Augsburg“ ga qarshi oʻyinda u Germaniya Bundesligasida debyut qilgan. 2022-yil 8-noyabr kuni Dortmundning "Borussia Dortmund" klubiga qarshi oʻyinda Mikki „Volfsburg“ safida oʻzining birinchi va yagona golini urgan.
2023-yilning 8-avgustida van de Ven Angliyaning „Tottenham Hotspur FC“ klubi bilan olti yillik shartnoma imzolagan. Bitim summasi taxminan 50 millionni tashkil etgan. 13-avgust kuni Brentford F.C.ga qarshi oʻyinda u Angliya Premyer-ligasida debyut qilgan. 7-oktyabr kuni „Luton Taun“ ga qarshi oʻyinda Mikki „Tottenxem“ safidagi birinchi golini urgan.
Terma jamoadagi faoliyati 2022-yil oktyabr oyida van de Ven Niderlandiya milliy futbol terma jamoasining FIFA Jahon chempionati 2022 uchun vaqtinchalik tarkibiga kiritilgan. 2023-yilda Gollandiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Mikki Ruminiya va Gruziyadagi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Belgiya, Portugaliya va Gruziya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2023-yilning avgust oyida van de Ven Niderlandiya milliy futbol terma jamoasiga ilk bor Ronald Koemandan Evro-2024 saralash bosqichiga chaqiruv olgan. 13-oktabr kuni futbolchi Fransiya milliy futbol terma jamoasi bilan oʻyinning 80-daqiqasida Nathan Ake oʻrniga maydonga tushgan.
Manbalar
Havolalar
Micky van de Ven Tottenham Hotspur F. C. saytida Micky van de Ven Niderlandiya Qirollik futbol assotsiatsiyasi saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:FC Volendam futbolchilari Turkum:VfL Wolfsburg futbolchilari Turkum:Tottenham Hotspur F.C. futbolchilari Turkum:Tweede Divisie futbolchilari Turkum:Eerste Divisie futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Niderlandiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:Niderlandiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar