Chingiznoma yoki Tarixi Doʻst Sulton (1557—1558-yillarda Xiva xonligini qisqa muddat boshqargan Bujugʻaxonning oʻgʻli Esh Sulton yoki Doʻst Sultonga bagʻishlagan) – Xorazm tarixchisi Oʻtamish hoji Mavlono Muhammad Doʻst oʻgʻlining asari. Unda Joʻji ulusi tarixi, jumladan, Oltin Oʻrda hukmdori Oʻzbekxonning 14-asr boshlarida islom dinini qabul qilishi hikoya qilinadi. Chingiznoma Abdulgʻaffor Qirimiyning 1744-yilda yozilgan Qrim-tatar xalqi tarixiga oid Umdet üt-tevärih asarining ilk tarixiy boʻlimlari uchun ham asos boʻlib xizmat qilgan.
Turkiy tilda yozilgan Chingiznoma muqaddima va 9 bobdan iborat. U Chingizxon va chingiziylar (xususan, xoʻja avlodlari) tarixiga oid koʻplab tarixiy rivoyatlarni oʻzida toʻplaganligi hamda Oltin Oʻrda xonlari va oʻgʻlonlar (xonzodalar) faoliyati haqida nodir maʼlumotlar berishi bilan qimmatlidir.
Asar faqat bitta toʻliq qoʻlyozma holida saqlanib qolgan, ushbu qoʻlyozma turkshunos va boshqird millatchisi Zaki Validiy Toʻgʻonga (1970-yilda vafot etgan) tegishli boʻlgan. Asar tahrir qilinmagan va u haqidagi ilmiy bahslar Zaki Validiyning oʻzi tomonidan qilingan nashrlar hamda Toʻgʻon kutubxonasidagi qoʻlyozma bilan tanishgan olimlar tomonidan qilingan nashrlar bilan cheklanadi. Asarning yagona qoʻlyozmasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida (^ 1552) saqlanadi.
Chingiznoma sharqshunos V. P. Yudin (1928—1983) tomonidan rus tiliga tarjima qilingan va keyinchalik u faksimilesi hamda tegishli izohlar bilan 1992-yil Olmaotada chop etilgan Chingizname (faksimile, perevod, transkripsiya, tekstologicheskie primechaniya, issledovanie V. P. Yudina), AlmaAta, 1992.
Chingiznoma bilan tanishgan akademik Bartold muallifni shayboniylar sulolasiga yon bosishda, ularning boshqa sulolalardan ustunligini taʼkidlashga harakat qilganlikda ayblaydiBartold V. V., Otchet o komandirovke v Turkestan, Soch., t. 8, M., 1973.
Manbalar
Adabiyotlar
Uli Schamiloglu, The Umdet ul-ahbar and the Turkic Narrative Sources for the Golden Hordeand the Later Golden Horde in H. B. Paksoy (ed.), Central Asian Monuments, 1992, . Z. V. Togan, Turkistan Tarihi, Istanbul, 1947.
Turkum:Tarixiy kitoblar Turkum:Xorazm tarixi Turkum:Shayboniylar davri adabiyoti