Matvey Aleksandrovich Melnikov — ( ; 1990-yil 2-martda Krymsk shahrida tugʻilgan; MOT taxallusi bilan mashhurlikka erishgan) rossiyalik estrada xonandasi.

2013-yil 1-martdan 2022-yil 22-yanvargacha Black Star kompaniyasi bilan birga ishlagan.

Hayoti

Bolaligi Mot Krymskda tugʻilgan. Besh yoshida u oilasi bilan Krasnodarga koʻchib ketadi. Oʻn yoshida Mot Тодесning Krasnoraddagi filialida raqs tusha boshlaydi. 9-sinfdan soʻng u 82-sonli gimnaziyaga oʻqishga kiradi. 15 yoshida Moskvaga koʻchib keladi. Hip hopga ishtiyoqi uygʻongan vaqtlar, u raqs toʻgaragiga ham qatnar edi. Oʻrta maktab yoshida , u teatr maktabiga ham oʻqishga qabul qilindi. Maktabni oltin medalga bitirgach , Moskva davlat universitetiga oʻqishga qabul qilindi. 2012-yil diplom ishini yozib boʻldi va universitetni a'lo baholarga bitirib aspiranturaga hujjat topshirdi.

Musiqa sohasidagi ish faoliyati Matveyning debyut albomi 2011-yil „Remote“ nomi bilan chiqarilgan. Albom 12 ta qoʻshiqdan iborat boʻlib , Ilya Kireev , Kartin Mokko hamkorligida yaratilgan. Albom muallifi Denis KOKA hisoblanadi. 2012-yil „Миллионы звёзд“ qoʻshigʻi uchun klip ishlangan.

Oilasi 2016-yil avgust oyida Mot sobiq model Maria Guralga uylanishni taklif qiladi va 2017-yil aprel oyida ularni toʻyi boʻlib oʻtdi. 2018-yil 22-yanvarda esa ular oʻgʻil farzandli boʻlishdi va ismini Solomon qoʻyishdi.

Sanksiyalar

2018-yil aprel oyida Malenkivga Ukrainada notoʻgʻri ayb qoʻyiladi va 3 yil ushbu davlatga kirish taqiqlanadi , ammo Mot 2022-yil Ukrainaga keladi va mamlakatga kirolmaganligi sababli qaytib ketadi. 2022-yil 18-apreldan Ukrainaning Rossiyaga boʻlgan adovati yoʻqoladi va Rossiya fuqarolarini yana qabul qila boshlaydi.

Diskografiyasi

Katta albomlari

2011-yil — Remote 2012-yil — Remont 2014-yil — Azbuka Morze 2016-yil — Naiznanku 2016-yil —92 dnya 2017 — Dobraya muzika klavish 2020 — Parabola

Kichik albomlari

2013-yil —Chyortochka 2018 — Kakiye lyudi v Gollivude

Manbalar

Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oltin Gramafon mukofoti sovrindorlari Turkum:Rus reperlari Turkum:Moskvalik musiqachilar