Igor Burov (; 1973-yil 10-noyabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, hujumchi va himoyachi pozitsiyalarida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati Igor professional futboldagi faoliyatini 1991-yilda Andijonning „Shahrixon“ klubi tarkibida, SSSR ikkinchi ligasida boshlagan. Shaxrixon jamoasi tarkibida ikki mavsum davomida oʻynagan va 58 ta oʻyinda 4 ta gol muallifi boʻlgan. 1993-yilda Margʻilonning „Atlaschi“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Jamoadagi dastlabki mavsumidayoq klubning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi va mavsum yakunida 28 ta oʻyinda 28 ta gol kiritib mavsumning eng yaxshi toʻpurariga aylangan.
1997-yilgi mavsumda Toshkentning „MHSK“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Armiyachilar jamoasi tarkibida mavsum davomida 19 ta oʻyinda ishtirok etib 7 ta gol muallifi boʻlgan. MHSK klubi tarkibida faoliyatida ilk bor Oʻzbekiston chempioni boʻlgan. Keyinchalik Bekobodning „Metallurg“, Qoʻqon 1912, Toshkent viloyatining „Doʻstlik“, Quvasoyning „Sementchi“ jamoalarida oʻynagan.
Igor faoliyatining maʼlum bir davrida hujumchi pozitsiyada oʻynagan va faoliyatining soʻngida asosan himoyachi pozitsiyasida harakat qilgan.
Yutuqlari Jamoaviy Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 1997 Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 1993 Individual
Oʻzbekiston Pro ligasi toʻpurari (28 ta gol): 1993
Manbalar
Havolalar
Turkum:2019-yilda vafot etganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Shahrixon klubi futbolchilari Turkum:Atlaschi FC futbolchilari Turkum:MHSK klubi futbolchilari Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Sementchi Quvasoy futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar