thumb|Kristalino daryosida suzib yurgan Janubiy Amerika tapiri
Janubiy Amerika tapiri-shuningdek, Braziliya tapiri, Amazoniya tapiri deb ham ataladi. Navarro, E. de A. (2013). Tupi antigo, a língua indígena clássica do Brasil. São Paulo: Global Editora e Distribuidora Ltda. p. 462Ularning terisi jigarrang rangda boʻlib, bosh qismi biroz ochroq koʻrinishda boʻladi. Ularning quloqlari yumaloq shakilga ega boʻlib, chetlari oq rangdagi chiziqlar bilan ajralib turadi. Yangi tugʻilgan tapirlar toʻq jigarrang jun bilan qoplangan boʻlib, tanasi boʻylab kichik oq dogʻlar va chiziqlar boʻladi.Janubiy Amerika tapiri tanasining uzunligi 1,8 dan 2,5 metrgacha boʻlib, qisqa, 5 dan 10 santimetrgacha uzunlikdagi dumga egadir. Ularning oʻrtacha vazni taxminan 225 kg atrofida boʻladi. Kattalarining vazni 150 dan 320 kg gacha yetishi mumkin.Montenegro, Olga Lucia. The Behavior of Lowland (Tapirus terrestris) at a Natural Mineral Lick in the Peruvian Amazon. Rep. N.p.: University of Florida, 1998.
Yashash tarzi thumb|Janubiy Amerika tapirining bolasiJanubiy Amerika tapiri asosan Amazoniya oʻrmonlaridagi suv havzalari yaqinida yashashni afzal koʻradi. Ular suvda suzish va shoʻngʻish qobiliyatlarga ega boʻlib, suvda oʻsuvchi oʻsimliklar bilan oziqlanishadi. Shuningdek, ular loyda yotishni yaxshi koʻradilar, bu esa ularning qalin terisidan parazitlarni yoʻqotishga yordam beradi. Tapirlar oʻtxoʻr hayvonlar boʻlib, asosan barglar, mevalar va oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Ular kichik tumshugʻidan foydalanib, shoxlarni ushlab, barglarini yulib olishadi yoki mevalarni terib istemol qilishadi. Ular asosan ertalab, kechqurun faol boʻladi va aynan shu paytda oziqlanadi. Tapirlar odatda yolgʻiz yashaydilar va faqat juftlashish mavsumida sherik qidirishadi. Homiladorlik davri taxminan 13 oy davom etadi va odatda bitta bola tugʻadi. Yangi tugʻilgan tapirlar onalari bilan bir necha oy davomida qoladi va keyin mustaqil hayotga oʻtishadi. Janubiy Amerika tapiri qizil kitobga kiritilgan turlardan biridir. Ularning yashash joylari yoʻqolishi va ovlanishi ularning populyatsiyasiga jiddiy tahdid solmoqda. Ularni himoya qilish uchun turli xil tabiatni muhofaza qilish dasturlari amalga oshirilmoqda.
Geografik tarqalishi Janubiy Amerika tapirini And togʻining sharqida joylashgan Amazoniya o‘rmonlari va suv havzalari yaqinidan topish mumkin. Uning geografik tarqalish doirasi shimolda Venesuela, Kolumbiya va Gvineya, janubda Braziliya, Argentina va Paragvay, gʻarbda Boliviya, Peru va Ekvador orqali oʻtadi. Ular baʼzi hollarda, Venesueladan Trinidad orolining janubiy sohiligacha boʻlgan tor dengiz boʻgʻozini kesib oʻtadilar. Tapirlar janubiy Amerikada yoʻqolib bormoqda. Ular hozir faqat oʻrmon va savannadan iborat yashash uchun xavfsiz joylarda uchraydi.
Manbalar
Tashqi havolalar
ARKive – pastlik tapir (Tapirus terrestris) tasvirlari va filmlariTumanlar tapirining (Tapirus terrestris) tasvirlari va filmlari Tapir mutaxassislar guruhi – TumanlarOʻrta yerdagi Tapir T. kabomani ning koʻpgina fotosuratlarini ushbu veb-saytda koʻrish mumkin.
Kitoblar
Linneus C (1758) Systema naturæ per regna tria naturæ, secundum sinflari, ordenlar, jinslar, turlar, cum characteribus, differentiis, sinonimlar, locis. Tomus I. Editio Decima, Reformata. Stokholm: L. Salvius. 824 sa. (Hippopotamus terrestris, yangi tur, 74 sa.) (latin tilida). Turkum:Janubiy Amerika Turkum:Janubiy Amerika Sutemizuvchilar Turkum:Janubiy Amerika Endemiklari Turkum:Tapir Turkum:Amazoniya Turkum:Amazonas mintaqasi tumanlari