Mikey Madison (1999-yil 25-martda tugʻilgan) – amerikalik aktrisa. U oʻz karyerasini 2016-yildan 2022-yilgacha FX telekanalining „Better Things“ nomli komediya seriyasida serjahl oʻsmir Max Fox roli orqali boshlagan. Oʻshandan beri u Quentin Tarantinoning 2019-yilda suratga olingan „Once Upon a Time in Hollywood“ nomli filmida Mansonlar oilasining izdoshi Susan „Sadie“ Atkins rolini, 2022-yilda suratga olingan „Scream“ filmida esa Amber Friman rolini oʻynadi. U, shuningdek, 2024-yilda Kann kinofestivalida Oltin palma mukofotini qoʻlga kiritgan Sean Bakerning „Anora“ filmida bosh rol hisoblangan Anora (Ani) rolini ijro etdi.
Hayoti Mikey Madison 1999-yil 25-martda Amerika Qoʻshma Shtatlarining Kaliforniya shtatidagi Los-Anjeles shahrida tugʻilgan. Uning egizak akasi va yana uchta ukasi bor. Singlisi ssenariynavisga turmushga chiqqanidan soʻng, Madison oʻzini aktrisalik faoliyatida sinab koʻrish uchun ot sportini tark etib, 2013-yilda birinchi rolini ijro etdi. U yahudiy.
Karyerasi Madison oʻzining aktrisalik faoliyatini koʻplab qisqa metrajli filmlarda, jumladan, „Retirement“ (2013), „Pani’s Box“ (2013) va „Bound for Greatness“ (2014) filmlarida suratga tushish bilan boshlagan. 2014-yilda Madison oʻzining birinchi badiiy filmi „Liza, Liza, Skies Are Grey“ filmida 15 yoshida rol ijro etdi. Ammo, film 2017-yilgacha chiqarilmadi. 2016-yilda u Louis CK va Pamela Adlon tomonidan suratga olingan FX kanalining „Better Things“ nomli komediya-drama seriyasida Max Fox rolini oʻynadi. 2022-yilda serialning beshinchi va soʻnggi mavsumi suratga olindi va u yakunlandi.
2017-yildan 2018-yilgacha u Bravo telekanalining „Imposters“ nomli komediya serialida ikkinchi darajali rolni ijro etgan. 2018-yilda Madison „Monster“ va „Nostalgia“ drama filmlarida koʻrinish berdi. U Quentin Tarantinoning „Once Upon a Time in Hollywood“ (2019) nomli komediya-drama filmidagi Manson oilasining aʼzosi Susan „Sadie“ Atkins roli orqali yanada mashhurlikka erishdi. Mikey, shuningdek, 2019-yil oktabr oyida chiqarilgan „The Addams Family“ nomli oq-qora tarzda suratga olingan animatsion komediyada Candi the Barista personajiga ovoz berdi.
2020-yil sentabr oyida Madison Mett Bettinelli-Olpin va Tyler Gillett rejissyorligidagi „Qichqiriq“ filmida ikkinchi darajali qahramon, Amber Friman rolini oʻynadi. Film 2022-yil 14-yanvarda premyera qilindi. 2024-yilda Madison 2024-yilgi Kann kinofestivalida premyerasi boʻlib oʻtgan va Oltin palma mukofotini qoʻlga kiritgan Sean Bakerning „Anora“ filmida striptizchi Anora (Ani) rolini oʻynadi.
Filmografiyasi +Izoh Ushbu belgi hali chiqarilmagan filmni bildiradi Filmlari Yil Nomi Rol Izoh Manba(lar) 2013-yil Retirement Hitmanning qizi Qisqa metrajli film Pani’s Box Pani Qisqa metrajli film 2014-yil Bound for Greatness Haley Stevenson Qisqa metrajli film 2017-yil Liza, Liza, Skies Are Grey Liza 2018-yil Monster Alexandra Floyd Nostalgia Kathleen 2019-yil Once Upon a Time in Hollywood Susan „Sadie“ Atkins The Addams Family Candi the Barista Ovoz bergan 2021-yil It Takes Three Kat Walker 2022-yil Scream Amber Freeman 2023-yil All Souls River 2024-yil Anora Anora (Ani)
Teleseriallari Yil Nomi Rol Izoh Manba(lar) 2016–2022-yillar Better Things Max Fox Asosiy rol, 46 ta epizod 2017–2018-yillar Imposters Young Maddie 2 ta epizod 2024-yil Lady in the Lake Judith Weinstein Asosiy rol, mini-serial
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Los-Anjeleslik aktrisalar Turkum:Amerika film aktrisalari Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:21-asr Amerika aktrisalari Turkum:Yahudiy Amerika aktrisalari Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar