Marvin Job Matip (1985-yil 25-sentyabrda tugʻilgan) – sobiq professional futbolchi, himoyachi sifatida oʻynagan. Germaniyada tugʻilgan va Kamerun milliy futbol terma jamoasi sharafinini xalqaro miqyosda himoya qilgan.

Klubdagi karyerasi Bochumda tugʻilgan Matip oʻz faoliyatini VfL Bochumda boshlagan va 2005-yilda 1. FC Köln klubiga koʻchib oʻtgan. 2010-yilning 1-fevralida esa Karlsruher SC klubiga ijaraga berilgan.

Xalqaro karyerasi Matip Germaniyaning 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoalari sharafini himoya qilgan. 2005-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida va 2006-yilgi UEFA 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ham terma jamoa safida harakat qilgan. 2007-yilda esa Kamerun terma jamoasidan chaqiruv olgan. Biroq, FIFA uchun hujjatlar oʻz vaqtida topshirilmagani uchun Kamerundagi faoliyati kechiktirilgan. U oʻz xalqaro miqyosdagi debyutini 2013-yilning 2-iyunida Ukrainaga qarshi oʻrtoqlik bahsida qilgan.

Shaxsiy hayoti Matipning otasi kamerunlik onasi esa germaniyalik nemis boʻlgan. Shuning uchun u har ikkila millat vakili boʻlish huquqiga ega edi.

Uning otasi Jean sobiq professional futbolchi boʻlgan. Uning ukasi Joël Matip esa Liverpul safida toʻp suradi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Kamerunlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar