Baxtiyor Mamatkarimov Rustamovich (1980-yil, Qoʻrgʻontepa tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR) — oʻzbekistonlik davlat arbobi, 2022–2024-yillarda Andijon tumani hokimi, 2024-yil 24-martdan buyon Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari.
Tarjimai holi Baxtiyor Rustamovich Mamatkarimov 1980-yil Qoʻrgʻontepa tumanida tugʻilgan. 2000-yilda Toshkent moliya institutida moliya va kredit, 2013-yilda Bank-moliya akademiyasida bank ishi yoʻnalishini, 2021-yilda Davlat boshqaruvi akademiyasini tugatgan.
Mehnat faoliyatini 2001-yilda Asakabank davlat aksiyadorlik tijorat banki Andijon viloyati filiali valyuta shoʻbasi pul almashtirish shoxobchasi kassiri vazifasidan boshlagan. 2003–2007-yillarda „Asakabank“ davlat aksiyadorlik tijorat banki Andijon viloyati filiali kredit boʻlimi mutaxassisi, valyuta va savdo amaliyotlari boʻlimi boshligʻi, kredit boʻlimi bosh mutaxassisi, filial ichki nazorat sektori mutaxassisi, jamgʻarma amaliyotlar shoʻbasi mudiri, 2007–2009-yillarda Markaziy bank Andijon viloyati bosh boshqarmasi Tijorat banklarini nazorat qilish boʻlimi iqtisodchisi, Banklar va nobank kredit tashkilotlarini nazorat qilish boʻlimi iqtisodchisi, 2009–2016-yillarda Trustbank xususiy ochiq aksiyadorlik birja banki Ichki audit boshqarmasi bosh mutaxassisi, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, boshligʻi, Ichki audit departamenti direktori, 2016–2019-yillarda „Neftgazinvest“ masʼuliyati cheklangan jamiyati tuzilgan shartnomalarning ijrosini monitoring qilish boʻyicha guruh rahbari, 2019–2020-yillarda „OʻzLITIneftgaz“ AJ boshqaruv raisining iqtisod va moliya boʻyicha oʻrinbosari, 2020–2022-yillarda „Oʻztransgaz“ aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining moliya va marketing boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan. 2022–2024-yillarda Andijon tumani hokimi vazifasida ishlagan.
Baxtiyor Mamatkarimov 2024-yilning 29-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan.
Manbalar
Turkum:1980-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston siyosatchilari Turkum:Oʻzbekiston maʼmuriy birliklari hokimlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar