La Pose enchantée (Sehrlangan poza) – 1927-yilda René Magritte tomonidan chizilgan kartina. Rasmda ochiq interyerda yalangʻoch ayollarning yonma-yon joylashgan juftligi tasvirlangan. Kartina 1930-yillarda yoʻqolgan.
2013-yilda MoMa texnik mutaxassislari Magritte rasmlarini rentgen-fluoresans yordamida tekshirib, 1930-yillarda Magritte chizgan ikkita kompozitsiya ostida yashiringan kompozitsiyaning qismlarini topishga muvaffaq boʻldilar. Ulardan biri MoMaʼdagi "Portret" (1935), ikkinchisi esa Stokgolmdagi Moderna museetida saqlanayotgan "Qizil model"(1935) kartinalaridir.
1927-yildan 1930-yil oʻrtalariga qadar Magritte rasmni qismlarga boʻlib, boʻyash uchun tuvalni qayta ishlagan. 2016-yilda Norvich qal’asi muzeyi va sanʼat galereyasida "Inson holati „ (1935) nomli rasm ostidagi uchinchi parcha aniqlandi. 2017-yilda uning Bryusseldagi Magritte muzeyida saqlanayotgan “God is not a Saint" (taxminan 1935–36) asari ostida toʻrtinchi va oxirgi parcha topilgani eʼlon qilindi.
Manbalar
Turkum:René Magritte kartinalari Turkum:Rasmlar