Soliq qoʻmitasi — Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini va davlatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash sohasidagi nazorat boʻyicha respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida joylashgan va mahkamaga boʻysunadi. U oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Soliq qoʻmitasi raisi – Sherzod Qudbiyev.
Tarixi 1994-yil 18-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-744-sonli Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat soliq bosh boshqarmasini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat soliq qoʻmitasiga aylantirilgan. Sherzod Qudbiyev Davlat soliq qoʻmitasini 2020-yil may oyidan 2022-yil oxirigacha boshqargan.
Rahbariyat F.I.Sh Lavozimi Pulatov Farrux Jaxongirovich Soliq qoʻmitasi raisi Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Fayzibayev Alimjan Elchiyevich Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Abdiyev Jaxongir Ibragimovich Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Soliyev Abdulaziz Soli o'g'li Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
Raislari +#F. I. ShBoshlanishTugashiMuddatLavozimi1Shamil Gataulin26.04.199511.02.2000 4 yil 10 oyOʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi raisi2Botir Xoʻjayev11.02.200024.04.20022 yil 2 oyOʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi3Oʻtkir Komilov24.04.200224.07.20025 oyOʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi4Jamshid Sayfiddinov24.07.200217.02.20041 yil 6 oyOʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi5Botir Parpiyev17.02.200411.05.201814 yil 2 oyOʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi6Behzod Musayev11.05.201813.05.20202 yil Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi7Sherzod Qudbiyev13.05.202030.12.20222 yil 7 oyOʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi8lavozim bekor qilingan30.12.202203.09.20238 oy9Sherzod Qudbiyev3.9.202320.11.20252 yil 3 oy 19 kunOʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi raisi10Farruh Poʻlatov20.11.2025hozirgacha Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi raisi
Manbalar
Havolalar Rasmiy Facebook sahifasi Rasmiy Telegram sahifasi Rasmiy Instagram sahifasi Rasmiy YouTube kanali
Turkum:Davlat tashkilotlari #