Jon Landau (; 23-iyul 1960-yil — 5-iyul 2024-yil) — amerikalik prodyuser. Titanik filmini suratga olgan Jon 1997-yilda Eng yaxshi film uchun Oscar mukofotini qoʻlga kiritgan. Ushbu film 2,19 milliard dollar foyda keltirgan. 2009-yilda ishlangan Avatar filmi 2,9 milliard dollar foyda keltirgan boʻlsa, uning davomi boʻlgan va 2022-yilda ekranlarga chiqqan Avatar: The Way of Water filmi esa 2,3 milliard dollar sof foyda keltirgan. 2024-yil holatiga koʻra, ushbu filmlar dunyoning eng yuqori daromad keltirgan toʻrtta filmidan uchtasi hisoblanadi. Hayoti Otasi Edie Landau va onasi Ely Landau ham prodyuser boʻlishgan. Otasi film studiyasining rahbari boʻlgan. Uning aka-ukalari Neil Landau va Les Landau, singillari esa Tina Landau va Kathy Landau. Jon USC School of Cinematic Arts — kino sanʼati maktabida oʻqigan. U yahudiy boʻlgan. Faoliyati 1990-yillarning boshlarida Landau 20th Century Studiosda badiiy filmlar ishlash boʻyicha ijrochi direktor lavozimida ishlagan.
U prodyuserlik qilgan filmlar orasida eng mashhuri bu Titanik filmi boʻlib, Oscarni olgan. Barcha davrlarning eng yuqori daromad keltirgan filmiga aylangan boʻlib, yalpi daromadi 1 milliard dollardan oshgan ilk filmdir. Uning daromadi 1,84 milliard dollarni tashkil qilgan boʻlib, oʻsha paytda eng koʻp foyda keltirgan va 1993-yilda ishlangan Jurassic Park filmidan koʻrilgan 914 million dollar daromaddan ikki baravar koʻp. 2012-yilga kelib „Titanik“ 300 million dollar foyda keltirdi va uning daromadi umumiy hisobda 2,18 milliard dollarga yetdi. Natijada dunyo boʻyicha 2 milliard dollar yigʻgan ikkinchi filmga aylandi.
2009-yilda Landau va James Cameron birgalikda ilmiy-fantastik blokbaster Avatar filmini suratga olishdi. Bu film keltirgan daromad ularning oldingi hamkorligi „Titanik“dan ham oshib, 2,92 milliard dollar foyda bilan shu kungacha eng yuqori daromad keltirgan film rekordini yangiladi. „Avatar“ Landauga ikkinchi bor yana shu nominatsiya boʻyicha Eng yaxshi film uchun Oscar mukofotini taqdim qildi.
Shaxsiy hayoti Qariyb 40 yil Landau turmush oʻrtogʻi Julia bilan hayot kechirgan. Ularning Jamie va Jodie ismli ikki oʻgʻli bor. Vafoti Landau 2024-yil 5-iyulda 63 yoshida vafot etdi. Variety jurnalining xabar berishicha u saraton kasalligidan vafot etgan. Landauning tiriklik vaqtida suratga olgan „Avatar 3“, „Avatar 4“ va „Avatar 5“ filmlari vafotidan keyin katta ekranlarga chiqadigan boʻldi.
Mukofotlari Florida Film Critics Circle Award Winner — Titanic (1997) „Oltin globus“ mukofoti — Titanic (1998) Producers Guild of America Darryl F Zanuck Theatrical Motion Picture Producer of the Year Award Winner — Titanic (1998) „Oscar“ mukofoti — Titanic (1998) Nickelodeon Kid's Choice Award Winner — Titanic (1998) MTV Movie Award Winner — Titanic (1997) People Choice Award Winner — Titanic (1999) „Oltin globus“ mukofoti — Avatar (2010) Producers Guild of America Darryl F Zanuck Theatrical Motion Picture Producer of the Year Award Nomination — Avatar (2010) „Oscar“ mukofoti nominatsiyasi — Avatar (2010) „Oltin globus“ mukofoti nominatsiyasi — Avatar: The Way of Water (2023) Producers Guild of America Darryl F Zanuck Theatrical Motion Picture Producer of the Year Award Nomination — Avatar: The Way of Water (2023) „Oscar“ mukofoti nominatsiyasi — Avatar: The Way of Water (2023) Filmografiyasi Prodyuser Campus Man (1987) Titanic (1997) Solaris (2002) Avatar (2009) Alita: Battle Angel (2019) Avatar: The Way of Water (2022) Avatar 3 (2025) Avatar 4 (2029)
Hamkorlikda ishlagan filmlari Honey, I Shrunk the Kids (1989) Dick Tracy (1990)
Manbalar
Havolalar Turkum:Amerikalik kinoprodyuserlar Turkum:Prodyuserlar