Devid Washington de Souza Eugênio (2005-yil 5-iyun) – Braziliyalik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining Chelsea klubi hujumchisi.

Klublardagi karyerasi

Santos Braziliyaning Goyas shtatining Itumbiara munitsipalitetida tugʻilgan futbolchi dastlab sakkiz yoshida Grêmio klubining akademiyasiga borib qoʻshiladi va u yerda uch yil davomida toʻp suradi. Soʻngra Braziliyaning boshqa bir klubi Santosda faoliyatini davom ettiradi.

16 yoshida Deivid klub bilan dastlabki professional shartnomasini imzoladi. Shartnomaga koʻra uning tovon puli 100 million dollari etib belgilandi. 2022-yilda futbolchi Campeonato Paulista U-17 da 16 ta gol urgan holda turnir toʻpurariga aylandi. Undan tashqari Campeonato Brasileiroda oltita gol muallifiga aylangan.

2023-yilgi mavsumdan boshlab Deivid Odair Hellmann boshchiligidagi Santos klubining asosiy jamoasi bilan mashgʻulotlarga qoʻshildi. Washington professional futboldagi debyutini 2023-yilning 11-aprelida Copa do Brasil turniri doirasidagi Borafoga-SP jamoasiga qarshi oʻyinda Marcos Leonardo oʻringa zaxiradan maydonga tushgan holda oʻtkazgan.

2023-yil 17-aprel kuni Deivid Santos bilan shartnomasini 2026-yil aprelga qadar uzaytirdi. U 10-may kuni Bahia klubiga qarshi kechgan oʻyinda katta futboldagi debyut golini kiritadi.

Chelsea 2023-yil 24-avgust kuni Santos klubi Deividning Premyer liganing Chelsea jamoasiga oʻtishini rasman tasdiqladi. Shartnoma yetti yil muddatga imzolangan boʻlib, qoʻshimcha yana bir yilga uzaytirish haqida bandi ham mavjud edi.

Statistikasi

+Klub safidagi liga oʻyinlari doirasidagi va umumiy statistikaKlubMavsumLigaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarSantos2023Serie A92162Chelsisi2023–24Premyer Liga2030Umumiy112192

Manbalar

Havolalar

Chelsea FC veb saytidagi futbolchi Profili

Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2005-yilda tugʻilganlar Turkum:Santos F.C. futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar