„English Phrasal Verbs in Use Advanced“ () — ingliz tilidagi frazali feʼllar boʻyicha Michael McCarthy hamda Felicity O'Dell yozgan qoʻllanma. Ilk bor 2007-yil Kembrij shahrida Kembrij universiteti nashriyotida chop etilgan. 2017-yilda ayni nashriyotda asarning ikkinchi nashri bosilib chiqqan. Qoʻllanma ingliz tilini yetuk darajada oʻzlashtirilgan, IELTS va TOEFL kabi standartlashtirilgan testlarga hozirlanayotganlar orasida keng qoʻllanadi. „English Phrasal Verbs in Use Advanced“ qoʻllanmasiga qariyb bir ming frazali feʼl kiritilgan boʻlib, ular mavzu boʻyicha 60 boʻlimga boʻlingan.
„English Phrasal Verbs in Use Advanced“ asari McCarthy va O'Dellning 2004-yil chop etilgan, shunchaki „English Phrasal Verbs in Use“ deb nomlanuvchi asari formatida yozilgan. Keyinchalik mualliflar asarni kengaytirib, ingliz tilini turli darajada oʻzlashtirganlar foydalanuvchilar uchun alohida jildlar hozirlagan. Xususan, asarning ingliz tilini oʻrta darajada oʻzlashtirgan oʻquvchilar uchun yozilgan versiyasi mavjud.
Yana qarang „English Phrasal Verbs in Use Intermediate“
Manbalar
Havolalar „English Phrasal Verbs in Use Advanced“ Cambdridge universiteti nashriyoti saytida
Turkum:Ingliz tili grammatikasi boʻyicha kitoblar