Benoît Ntambue Badiashile Mukinayi Baya (2001-yil 26-martda tugʻilgan) – Fransiyalik professional futbolchi, Premyer Liganing „Chelsea“ klubi va Fransiya milliy terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida toʻp surmoqda.
Hayoti Benoît Ntambue Badiashile Mukinayi Baya 2001-yil 26-martda Haute-Vienne Limoges shahrida tugʻilgan. Kelib chiqishi kongolik.
Klubdagi karyerasi
Monaco 2018-yil 5-fevral kuni Badiashile Monaco klubi bilan ilk professional shartnomasini imzoladi. 11-noyabr kunida esa PSGga qarshi oʻyinda Liga 1 doirasidagi debyutini oʻtkazadi.
Chelsea 2023-yil 5-yanvar kuni Badiashile Premyer Liga klubi Chelsea bilan yetti yarim yillik shartnoma imzoladi. The Guardian nashri xabariga koʻra ushbu transfer Londonliklar uchun 32,7 million funtga (37 million yevro) tushgan. Badiashile 2023-yil 15-yanvarida Crystal Palacega qarshi oʻyinda Chelsea safidagi debyutini oʻtkazgan.
Terma jamoadagi faoliyati Badiashile Fransiya tarkibida 2016-yildan beri U-16 va U-21 kabi yoshlar va asosiy tarkibida toʻp surib kelmoqda.
Himoyachi 2022-yil sentyabr oyida Avstriya va Daniya qarshi kechgan UEFA Millatlar ligasi turniridagi oʻyinlarda ilk bor asosiy jamoa uchun chaqiruv olgan.
Shaxsiy hayoti Badiashilening akasi Loïc Badiashile ham professional futbolchi.
Statistikasi
Klub
+Klub safidagi liga doirasidagi va umumiy statistikaKlubMavsumLigaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarMonaco II2017–18Championnat National 230302018–19Championnat National 29090Umumiy120120Monaco2018–19Liga 12012612019–20Liga 11602002020–21Liga 13523922021–22Liga 12413412022–23Liga 1112162Umumiy10661356Chelsea2022–23Premyer Liga1111112023–24Premyer Liga180221Umumiy291332Umumiy14771808
Terma jamoa
+Terma jamoa safidagi statistikasiMilliy jamoaYilOʻyinlarGollarFransiya202220Umumiy20
Manbalar
Havolalar
Profile at the Chelsea F. C. website
Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:SC Malesherbes futbolchilari Turkum:AS Monaco FC futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Fransiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:26-martda tugʻilganlar Turkum:UEFA Konferensiyalar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar