Qays Muhammad al-Yusuf – Ummon Sultonligining Savdo, sanoat va investitsiyalarni ilgari surish vaziri. 2020-yil 18-avgustda ushbu lavozimga tayinlangan.
Taʼlimi Al-Yusuf Williams kollejida iqtisod boʻyicha bakalavr, Stanford Graduate School of Business oliy maktabida biznes boshqaruvi boʻyicha magistr darajasini olgan.
Karyerasi Al-Yusuf Ummon Sultonligi Savdo-sanoat palatasi raisi va al-Yousef Group bosh ijrochi direktori boʻlib ishlagan. Bundan tashqari, u 2020-yilga qadar al-Anwar Holding Company direktorlar kengashi raisi lavozimida ham faoliyat yuritgan.
2020-yilning 18-avgustidan bugungi kunga qadar Ummon Sultonligi Savdo, sanoat va investitsiyalar vaziri boʻlib ish yuritib kelmoqda.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ummonlik shaxslarga oid chala maqolalar