Take Me Home – ingliz-irland guruhi One Directionning ikkinchi studiyo albomi boʻlib, 2012-yil 9-noyabr kuni Syco Music va Columbia Records bilan hamkorlikda chiqarilgan.

Take me Home musiqiy tanqidchilar tomonidan asosan ijobiy taʼriflandi. Musiqalarning sifati uchun koʻplab ijobiy sharhlar olgan boʻlsa, uning tezkor tempi biroz tanqidlarga sababchi boʻldi.

Jahon miqyosida ushbu albom 35dan ortiq mamlakatlar chartlarida birinchi oʻrinni egalladi. Xalqaro fonografik sanoat federatsiyasi (IFPI) maʼlumotlariga koʻra, Take Me Home 2012-yilning toʻrtinchi eng koʻp sotilgan albomi boʻlib, 4,4 milliondan ortiq nusxada sotilgan. Albom AQSh Billboard 200 chartida birinchi oʻrinni egallagandan soʻng dastlabki ikki albomi bunday natija koʻsatgan 2008-yildan beri ilk guruhga aylandi. One Direction 2012-yil 12 oy ichida ikkita birinchi raqamli albom chiqargan ikkinchi guruh va bir kalendar yili ichida bu natijani koʻsatgan US chartdagi birinchi guruhga aylanishgan. Ularning debyut albomi va Take Me Home mos ravishda 2012-yil sotuv koʻrsatkichi borasida AQShda uchinchi va beshinchi natijalarni qayd etgan.

Yaratilish tarixi right|thumb|200x200px|One Direction Shvetsiyaning Stokholm shahrida muhlislari bilan salomlashmoqda, 2012-yil may oyi 2012-yilda One Direction oʻzlarining debyut albomi Up All Night (2011) muvaffaqiyatli chiqqanidan soʻng ikkinchi albom ustida ishlashni boshlashadi. 2012-yil mart oyida Tom Fletcher albom uchun qoʻshiq yozayotganini aytadi. 2012-yil fevral oyida esa guruh Ed Sheeran bilan ishlashga qiziqish bildirilyotgani maʼlum boʻladi. 2012-yil iyun oyida Sheeran One Direction bilan hamkorlik qilishini rasman tasdiqladi.

Tijoriy natijalar Take Me Home jahon miqyosida 35 dan ortiq mamlakatlar chartida birinchi oʻrinni egalladi va 4,4 million nusxada sotilgan holda 2012-yilning toʻrtinchi eng koʻp sotilgan albomi boʻldi. Buyuk Britaniyada albom dastlabki ikki kun ichidayoq 94,000 nusxadan ortiq sotilgan. U birinchi haftada 155 ming nusxada sotilgani bilan eng tez sotilgan albomlar reytingida ikkinchi oʻrinni zabt etdi. Albom va uning ikkinchi singli „Little Things“ 18-noyabr kuni Buyuk Britaniya chartlarida bir vaqtning oʻzida birinchi oʻrinni egalladi, bu esa One Directionni bu natijani qayd etgan tarixdagi eng yosh guruhga aylantirdi. Albom 2012-yil oxiriga qadar 616 ming nusxa sotilgan holda Buyuk Britaniyada yil davomida eng koʻp sotilgan beshinchi albom boʻldi. 2022-yilda British Phonographic Industry (BPI) tomonidan toʻrt karrali platina sertifikatni qoʻlga kiritgan va 1200 000ta nusxada sotilgan.

Irlandiyada Take Me Home 2012-yilning eng tez sotilgan albomi boʻldi, bundan tashqari ketma-ket olti hafta davomida Irish Albums Chartida yetakchilikni hech kimga bermadi. Keyinchalik Irish Record Music Association (IRMA) tomonidan uch karrali platina sertifikat beriladi. Albom Italiyada chartlarda yuqori oʻrinda turish borasida ikkinchi va yil davomidagi sotuvlar koʻrsatkichida yettinchi oʻrinni egallaydi. Jami 60.000 nusxada sotilgan albom Italiya musiqa sanoati federatsiyasi (FIMI) tomonidan ikki karrali platina sertifikatni qoʻlga kiritadi. Gollandiyada album 17-noyabrda birinchi oʻringa koʻtariladi va chiqarilgan kunning oʻzida 25 ming nusxada sotilgan.

Shu yilning 25-noyabrida albom Avstraliyadagi chartda birinchi oʻringa chiqib oldi va bu natijani ikki hafta davomida saqlab qoladi. Australian Recording Industry Association (ARIA) tomonidan albom platina serifikatni oldi va jami 140 000 nusxada sotildi.

Treklist

Manbalar

Havolalar

Take Me Home at Metacritic

Turkum:2012-yil albomlari Turkum:One Direction albomlari