Alparslon: Buyuk Saljuqiylar () – rejissyor Sedat İnci tomonidan suratga olinib, ilk qismi 2021-yil 8-noyabrda namoyish etilgan Turkiyaning tarixiy-fantastik seriali. Unda Saljuqiylar imperiyasi sultoni Alp Arslonning davlat tuzishi, siyosiy voqealari, urushlari va hayoti haqida soʻz boradi.
Syujeti Saljuqiylar imperiyasi sultoni Toʻgʻrulbek merosxoʻr etib tayinlaydigan kuni Vizantiyaliklar turkmanlarni qirgʻin qilgani haqidagi xabarni oladi. Shundan soʻng, u Anadoluga safar uyushtiradi. Yoʻlda sirli qotillar yurishga ketayotgan Saljuqiy shahzodalarga hujum qiladi. Hujum izlari Alp Arslonni oʻzi kutmagan joyga olib boradi. Alp Arslon qotillarni quvib, Vizantiya zulmidan qutulgan turkman qizi Akçaning hayotini saqlab qoladi. Bu Alp Arslon va Akça Xotun oʻrtasidagi sevgi dostonining birinchi uchquniga aylandi. Biroq, Alp Arslon Akça Xotun oʻzining goʻzalligi ortida yashirgan sirlardan bexabar. Vizantiya imperatori turkmanlar bilan muammolarni hal qilish uchun general Duka va kapitan Romen Diyojenni Aniga yuboradi. Biroq, Ani Katakalon Kekavmenosning oʻgʻli Yannisning xatosi sulton Toʻgʻrulbekni urushga qaror qilishiga olib keladi. Bolaligida koʻrgan tushlarida muborak fathlar xushxabarini olgan Alp Arslon Saljuqiylar qoʻshini bilan Pasinlerda Vizantiya qoʻshini bilan yuzma-yuz keladi. Pasinler jangi, Alp Arslonning turklarga Anadolu eshiklarini ochishdagi yoʻlidagi birinchi qadam boʻladi.
Rollarda
Sulton Alp Arslon – Barış Arduç ijrosida; Akça Hatun – Fahriye Evcen ijrosida; Seferiye Hatun – Kayra Zabcı ijrosida; Nizomulmulk — Mehmet Özgür ijrosida; Toʻgʻrulbek – Barış Bağcı ijrosida; Sulton Sulayman – Korel Cezayirli ijrosida; Torgul Zolim – Yurdaer Okur ijrosida; Romen Diyojen – Sarp Levendoğlu ijrosida; Evdokya – Gizem Karaca va Hande Subaşı ijrosida; Dovudbek – Erdinç Gülener ijrosida; İbrahim Yınal – Uygar Özçelik ijrosida; Tekfur Grigor Granos – Serhat Tutumluer ijrosida; Arslan Besasiri – Devrim Saltoğlu ijrosida; Kont Leon – Özgür Çevik ijrosida.
Namoyish taqvimi FaslNamoyish kuni va vaqtiMavsum boshlanishiMavsum oxiriOlingan epizodlar soniBoʻlim oraligʻiNamoyish qilingan yiliTelevideniya kanali1-faslDushanba 20.002021-yil 8-noyabr2022-yil 30-may271-272021-2022TRT 12-fasl2022-yil 19-sentyabr2023-yil 6-noyabr (yakuniy qism)3428-612022-2023
Manbalar
Havolalar
Turkum:Seriallar Turkum:Tarixiy seriallar Turkum:Turkiya seriallari