Vladas Putvinskis yoki Vladas Pūtvis (1873-yil 6-oktabr – 1929-yil 5-mart) – Litva harbiylashgan yetakchisi, Litva miltiqchilar uyushmasining asoschilaridan biri va birinchi raisi.
Biografiyasi
Putvinskis1873-yil 6-oktabrda oʻsha paytda Rossiya imperiyasining bir qismi boʻlgan Rigada, kelib chiqishi Polsha-Litvalik zodagonlar oilasida tugʻilgan. Oila tarixi Buyuk Gertsog Vitautas (1430-yilda vafot etgan)ga borib taqaladi. Putvinskisning otasi Rapolas Pavėžupis va Grauzikaidagi manorlarni meros qilib olgan. Rapolas Putvinskis 1863-yildagi muvaffaqiyatsiz qoʻzgʻolondan keyin Sibirga surgun qilinadi. 1872-yilda unga amnistiya beriladi, lekin Litvaga qaytishga ruxsat berilmaydi. Shu sababli u Rigaga koʻchib oʻtadi va u yerda Platerlar oilasidan Idaliya Broel-Platerga uylanadi. Ularning oʻgʻli Vladas bir yil oʻtib, 1873-yil 6-oktyabrda tugʻiladi. Qizi Mariya (1876–1959) ham Litva jamoat hayotida va Miltiqchilar uyushmasida faol boʻlgan. Keyinchalik u rassom va miltiqchilar raisi Antanas Žmuidzinavičiusga turmushga chiqqan.
Putvinskis ilk taʼlimni uyida olgan. Soʻng Šiauliai Julius Janonis Gymnasium (Shyaulyai Yuliy Yanonis gimnaziyasi)ga oʻqishga kiradi. U akademik jihatdan qiyinchilikka duch keladi. Shuning uchun u tabiiy fanlarga urgʻu beradigan Mitauga oʻtgan. Uyerni 1893-yilda tugatgan. U Krakovda aktyorlik sanʼatini oʻrganishni xohlaydi, ammo koʻproq amaliy oʻrganish uchun Germaniyadagi Halle universitetida qishloq xoʻjaligi davom etishga qaror qilgan. Biroq, otasining sogʻligʻi yomon boʻlgani sababli, u atigi ikki semestrdan keyin oʻqishni toʻxtatishga majbur boʻladi. U Litvaga qaytib, Pavėžupisga joylashadi va oilasining mulklarini egallaydi. Mulklar 350 gektar yerga boʻlib, 40 ta sigir va 36 ta ot mavjud boʻlgan.
Vafoti Vladas Putvinskis 1929-yil 5-martda Kaunasda vafot etgan. U Kelmedagi qabristonga dafn etilgan. Uning dafn marosimi tasvirga olingan. Kadrlar Sovetlardan Andriejus Dručkus tomonidan yashirib kelingan. Keyinchalik tasvir qayta tiklanib, raqamlashtirildi va 2010-yilda YouTube platformasida taqdim etildi .
Manbalar
Turkum:Harbiy arboblar