Tamer Balci (1917-yil 1-yanvar – 1993-yil 10-aprel, Toma Balci nomi bilan ham tanilgan) asli yunon millatiga mansub turkiyalik sportchi va kino aktyori. Balci 1940-yildan 1955-yilgacha mamlakatning eng yaxshi bolgʻa uloqtiruvchisi hisoblanib, 11 marta milliy rekord oʻrnatgan va 15 karra mamlakat chempioni boʻlgan. U 1948 va 1952-yillardagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Turkiya vakili sifatida ishtirok etgan, biroq yuqori natija qayd eta olmagan. Tamer aktyorlik faoliyatini 1951-yilda boshlagan va 24 ta filmda, jumladan, "Tarzan Istanbulda" (1952-yil) filmida Tarzan rolida suratga tushgan.
Yoshlik yillari va sportdagi faoliyati Toma Valcis 1917-yil 1-yanvarda Turkiyaning Istanbul shahrida tugʻilgan. U asli kelib chiqishi yunon boʻlib, umrining koʻp qismini Heybeliadada oʻtkazgan. U dastlabki taʼlimini shu orolda olgan va sport bilan muntazam shugʻullana boshlagan. Dastlab futbol va suzish, keyinroq esa nayza uloqtirish sporti bilan shugʻullangan . Oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, Toma Istanbulga koʻchib oʻtdi va Galatasaray sport klubiga aʼzo boʻldi. Tamer Balci 1940-yilda Turk armiyasi safiga chaqirildi. Armiyadan qaytgach, eʼtiborini bolgʻa uloqtirish sport turini oʻrganishga qaratdi.
Turkcha Tamer Balci nomi bilan mashhur boʻlgan Valcis oʻz davrida Turkiyada bolgʻa uloqtirish sport turi boʻyicha „birinchi raqamli“ sportchi hisoblanardi. 1940—1951-yillarda u Turkiya milliy rekordini jami 11 marta yangiladi va 15 marta (1940-1953 va 1955-yillar) mamlakat chempionligini qoʻlga kiritdi. Balci 1950-yilgi Turkiya atletika chempionatida qatnashayotganda u birinchi marta dan yuqoriga uloqtirib, 50,71 metr (166,4 ft) natija qayd etdi. Uning soʻnggi shaxsiy rekordi, shuningdek, oʻsha paytdagi milliy rekord 1951-yil oktyabr oyida oʻrnatilgan boʻlib, u 52,13 metr (171,0 ft) edi. Valcis 1948 va 1952-yillardagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida garchi yaxshi natijaga erisha olmagan boʻlsa ham, Turkiya vakili sifatida ishtirok etgan.
Aktyorlik faoliyati 1951-yildan 1976-yilgacha boʻlgan aktyorlik faoliyati davomida Balci 24 ta filmda suratga tushdi. Uning birinchi roli 5 Fingers (1952) filmida boʻlib, u yerda kichik rol ijro etgan. Uning birinchi bosh roli esa 1952-yilda Orhan Atadeniz tomonidan suratga olingan "Tarzan Istanbulda" filmi boʻlib, bunda Balci Tarzan rolini oʻynagan. Filmning yarmidan koʻpi Tarzan the Ape Man (1932) filmidan olingan sahnalar bilan yaratilgan, filmning qolgan qismi Istanbulda, asosan, Belgrad oʻmonlarida suratga olingan. Balci boʻyi va tana tuzilishi mos kelganligi sabab ushbu rolga tayinlanadi. Filmda Balci sobiq Olimpiada suzuvchisi, 1932-yilgi Tarzan filmi aktyori Johnny Weissmullerga taqlid qiladi.
U 1957-yilda suratga olingan Istanbul filmida Errol Flynnning kaskadyori boʻlgan. Balcining soʻnggi chiqishlari esa 1976-yilda Kemal Sunal va Cüneyt Arkın rol o'ynagan Sahte Kabadayi va Hinch filmlari boʻlib, u har ikkala filmda ham antagonist obrazini oʻynagan.
Filmografiyasi YilSarlavhaRolHavolalar1951Ali ile VeliCemile Sultan19525 FingersEpizodÇakırcalı Mehmet Efeʼnin DefinesiTarzan in IstanbulTarzan1953Köroğlu-Türkan Sultan1954Şarlo İstanbul’daMeyhane KöşeleriNasreddin Hoca ve Timurlenk1955They Paid With Their Blood1957IstanbulKaskadyor1961Sepetçioğlu1962Dağlar Bulutlu Efem1964None But the Lonely Spy1969Beyaz Cehennem1970Şampiyon1972Kader Yolcuları1973Mahpus1975Babacan1976Sahte KabadayıHınç
Oʻlimi Tamer Balci 1993-yilda vafot etib, uning jasadi Heybeliada Yunon Pravoslav qabristoniga dafn qilindi. Qabr toshida uning asl yunoncha ismi bitilgan.
Manbalar
Qoʻshimcha oʻqish uchun
Havolalar
Database (undated). „Tamer Balci“. sinemalar.com (in Turkish). Accessed 6 September 2010. Database (undated). „Tamer Balci“. theiapolis.com. Accessed 6 September 2010.