Ertan Saban — 1977-yil 4-dekabrda, Shimoliy Makedoniyaning Skopye shahrida tugʻilgan. Saban asli makedoniyalik turk aktyoridir.
Hayoti Ertan Turkiya va Makedoniya davlatlarining qoʻsh fuqaroligiga ega. U Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasining Makedoniya Sotsialistik Respublikasidagi Skopye shahrida tugʻilgan. Millati — turk. Uning oilasi Bolqondagi turk ozchiligiga mansubMakedonya da yaşayan etnik kökenler var. Biz Türk etnik kökenine sahibiz. (There are ethnic backgrounds living in Macedonia. We have turkish ethnic origin.). U Istanbul shevasida va turk tilida yoʻqolib borayotgan Uskup (Skopye) shevasida soʻzlasha oladi. Shuningdek, u koʻp tilni biladi: bolgar, bosniya, makedon, serb, alban, yunon, ingliz va fransuz tillarida gaplasha oladi.
U oʻrta maktabning veterinariya boʻlimini tamomlagan. Keyin pedagogika yoʻnalishida tahsil olgan. Makedoniya davlat konservatoriyasining teatr fakultetini bitirgan.
Saban 2016-yil 3-iyun kuni aktrisa Ebru Özkan bilan turmush qurgan. Juftlikning Biricik ismli qizi bor.
Faoliyat davri Koʻp yillar davomida u ukasi Erman Saban, Filiz Ahmet va Luran Ahmeti bilan birga Makedoniya turk teatrida turli spektakllarda sahnaga chiqdi. Keyinchalik u Fransiyada teatrda ishlagan. U Turkiyaga kelib, teatr, serial va filmlarda aktyorlik va rejissyorlik faoliyatini boshladi. Uning yutuqli roli Usmonlilar imperiyasi qulagan paytda Makedoniyadagi turklar haqidagi mashhur „Elveda Rumeli“ tarixiy serialidagi „Aleks“dir.
U rejissyor Ali Atay tomonidan suratga olingan „Limonata“ filmining hammuallifi va aktyori. U Ali Atay bilan Mutlu Ol Yeter, Sheref Bey komediya seriyalarida va Kılıç Günü jinoyat serialida rol oʻynagan.
U Bir Cumhuriyet Şarkısı, Balkan Is Not Dead filmlarida va „Ish Bankası“ reklama filmida uch marta Mustafo Kamol Otaturk obrazini tasvirlagan. U Mehmed: Bir Cihan Fatihi filmida Konstantin XI ni tasvirlagan. U „Akif“ filmida Robert Frew obrazini tasvirlaganhttp://www.turktiyatrosu.mk/tr/turk-tiyatrosu-2000-2010/https://www.birsenaltuntas.com/dizi/ertan-saban-ve-ahmet-rifat-sungar-ataturklu-banka-reklaminda/47458/.
U Devrim Özkan va Özge Özberk bilan birga Gelsin Hayat Bildiği Gibi serialida rol oʻynagan. Damla Sönmez bilan u Kötü Kanda oʻynaganhttps://www.ntv.com.tr/n-life/dizi-haber/kotu-kan-dizisinin-ilk-tanitimi-paylasildi-kotu-kan-oyunculari-kimler,ZKidfcFrBEG99lD9MlwBpg.
Filmografiya TelevizorYilFilmlarROLKanal2001Vo svetot na bajkiteMRT 12003Sulton MaqomiMasqaraboz RefikKanal D2004AzizaLeventTRT 12005Prokurorning RafiqasiDursunatv2006—2007Karlar XonasiNogayhon KirimliKanal D2007—2009Alvido RumeliAleksandr Makedonskiyatv2010Qilich KuniSavash Qiziltan2011Bir Ayol TanidimkiUmut ChelebiTNTPolitsiya MahkamasiKomisar RishatShow TV2012—2013Skarya FiratTeoTRT 12013Ayollar bilan Uchrashuv KuniSharpa ErtanFOX2014Hech Kim Mukammal emasFerit Hasatv2015Baxtli boʻl yetarBobur2015—2016Buyuk Surgun. KavkazOʻmarTRT 1Qashqirlar Makoni PusuGoʻlgeKanal D2015Bu yerda Gap KoʻpKaminaCNN Türk2018Mehmet: Dunyoni Zabt EtuvchiKonstantinos PaleologosKanal D2019XovliOguz OkanStar TV2020Agar kel desa sevgiBarlas Pusatatv2022Soʻngi nafasimgachaVedat KulogliFOX2022—2023Hayot oʻzi bilgancha kelsinSadi Payasli, Emin GungoʻranShow TVYakındaYomon QonNOWInternetYilFilmlarRolPlatform2021Janob SharafLuranExxen2022Dengiz Portlashi S-245Umut SanjakliNetflix2023Dunyo BuGAİNFaolRobert FrewtabiiKinoYilFilm nomlariRol2003Kako los sonİvan2004Kako ubiv svetecBojan2005AloqaChempion2006Toʻr2008Boshqa mahalladan kelgan bolalarGʻordal2009SoyasizlarJannat Oʻgʻli2010Qoʻysanhchi qani endiOsman2013Men bilan OʻynaysanmiMuzoBolqon Is Not DeadMustafa Kemal Ataturk2015LimonatSakip2019TsitseronGenri Villington2020Achchiq Gilos2023Ayollar uchun MaxsusYaqindaBu Mamlakat QoʻshigʻiMustafa Kemal Atatürk
Mukofotlari
2008-yil: „Boshqa mahalla bolalari“ filmi bilan 4-oʻrin. Saban Kaunosdagi „Oltin sher“ kinofestivalida „Eng yaxshi erkak roli“ uchun mukofoti bilan taqdirlandi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Shimoliy Makedoniyadagi turklar Turkum: Skopyelik erkak aktyorlar Turkum:Turk erkak kino aktyorlari Turkum:Shimoliy Makedoniyalik aktyorlar