Yuriy Aleksandrovich Shundrov (, ; 1956-yil 6-iyun — 2018-yil 27-iyul) — ukrainalik sobiq xokkeychi. DarvozabonProfile on eliteprospects.com.
Faoliyati Shundrov oʻz faoliyatini 1978—1979-yilgi mavsumda Kiyevning „Sokil“ klubi tarkibida Sovet chempionatidagi ishtirok bilan boshlagan. 1990-91 yilgi mavsum soʻngigacha Sokil safida harakat qilgan. Keyin 1991—1992-yilgi mavsumda „Ximik Voskresensk“ klubi tarkibiga oʻtgan. 1994-yilgacha „Sokil Kiyev“ klubiga qaytgan. Sokil bilan uch mavsum oʻtkazgandan soʻng, yana Ximik Voskresensk jamoasiga oʻtib, u yerda ikki mavsum oʻtkazgan. Shundrov 1999—2000-yilgi mavsumda „Krijinka Kiev“ va „Rapid Bukuresti“ klublari safida harakat qilgan. 2000-yilda faoliyatini yakunlaganProfile on eliteprospects.com.
Xalqaro miqyosda Shundrov 1985-yilda SSSR terma jamoasi safida Chexoslovakiyaga qarshi ikkita koʻrgazmali oʻyinda ishtirok etganStatistika igroka. 1995, 1997, 1998 va 1999-yilgi jahon chempionatlarida Ukraina erkaklar milliy xokkey jamoasi sharafini himoya qilganProfile on eliteprospects.com.
Shundrov 2011-yilda Kontinental xokkey ligasining SSKA Moskva klubi darvozasini qoʻriqlagan. 2008-yildan 2010-yilgacha Magnitogorskning „Metallurg“ klubida darvozabon boʻlganProfile on eliteprospects.com.
SSSR terma jamoasi tarkibida 2 ta oʻyinda darvozasidan 2 ta shayba oʻtkazib yuborgan. Ukraina terma jamoasi safida esa 23 ta oʻyinda 30 ta shayba oʻkazib yuborgan.
Murabbiylik faoliyati 2008-yildan 2010-yilgacha Magnitagorskning Metallurg klubida murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.
2011-yildan 2013-yilgacha Moskvaning SSKA klubida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan.
2014-yildan 2017-yilgacha Sochi xokkey klubida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan.
Yutuqlari 1984—1985-yilgi mavsumda Xokkey boʻyicha SSSR chempionatining bronza medali sohibi.
1995 va 1997-yillarda Ukraina chempioni.
Vafoti 2018-yil 27-iyulda yurak ishemik kasalligi tufayli vafot etgan. Kiyev-Svyatoshinskiy tumanidagi Bobrisa qishlogʻida dafn etilgan.
Manbalar
Turkum:2018-yilda vafot etganlar Turkum:1956-yilda tugʻilganlar