Haydn Gwynne ( ; 1957-yil 21-mart2023-yil 20-oktyabr) ingliz aktrisasi. Gwynne 1992-yilda Drop the Dead Donkey (1990-1991) komediya seriali uchun „Eng yaxshi koʻngilochar spektakl“ BAFTA TV mukofotiga nomzod boʻlgan.

Dastlabki yillari va taʼlimi Haydn Gwynne 1957-yil 21-martda Sussex shtatining Hurstpierpoint shahrida Rosamond (qizlik familiyasi: Dobson) va Guy Thomas Haydn Gwynne (1915-1994) oilasida tavallud topgan.

U Nottingham universitetida sotsiologiya boʻyicha oʻqishdan oldin okrug darajasida tennis oʻynagan, fransuz va italyan tillarini yaxshi bilgan. Universitetda tahsil olgandan soʻng Italiyada Rim La Sapienza universitetida besh yil maʼruza oʻqigan va u yerda ingliz tilini chet tili sifatida talabalarga dars bergan.

Shaxsiy hayoti, kasallik va oʻlimi Gwynne Londonda yashagan. Uning turmush oʻrtogʻi Jason Phipps edi, ularning ikki nafar farzandlari boʻlgan.

Gwynne rivojlanayotgan mamlakatlarda koʻrlikka qarshi kurash olib boruvchi Sightsavers International xayriya tashkilotida ixtiyoriy ish olib borgan.

Gwynne 2023-yil 20-oktabrda 66 yoshida, saraton kasalligiga chalinganidan bir oy oʻtib vafot etgan.

Mukofotlar va nominatsiyalar

Televizion filmlar Yil Mukofot Mukofot Ish 1992-yil Britaniya Akademiyasi Televizion mukofoti Eng yaxshi koʻngilochar spektakl Drop the Dead Donkey

Teatr Yil Mukofot Turkum Ish 1994-yil Laurens Olivier mukofoti Muziklda eng yaxshi aktrisa City of Angels 2006-yil Laurence Olivier mukofoti Muziklda eng yaxshi aktrisa Billy Elliot the Musical 2009-yil Tony mukofoti Muziklda taniqli aktrisaning eng yaxshi ijrosi Drama Desk mukofoti Muziklda eng yaxshi aktrisa Outer Critics Circle mukofoti Muziklda eng yaxshi aktrisa Teatr olami mukofoti 2015-yil Laurence Olivier mukofoti Muziklda ikkinchi darajali roldagi eng yaxshi aktrisa Women on the Verge of a Nervous Breakdown 2017-yil Laurence Olivier mukofoti Muziklda ikkinchi darajali roldagi eng yaxshi aktrisa The Threepenny Opera 2024-yil Laurence Oliver mukofoti Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa When Winston Went to War With the Wireless

Manbalar

Havolalar

Turkum:Angliyalik televideniye aktrisalari Turkum:2023-yilda vafot etganlar Turkum:1957-yilda tugʻilganlar Turkum:Saraton kasalligidan vafot etganlar