Zakia Xudadadiy( ; 1998-yil 29-sentyabrda tugʻilgan) — afgʻon parataekvondochisi. U taekvondo boʻyicha birinchi afgʻon ayol sportchisi hisoblanadi. Zakia 2016-yilda 18 yoshida parataekvondo boʻyicha Afrika xalqaro chempionatida gʻolib chiqqanidan soʻng mashhurlikka erishgan. U 2020-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Afgʻoniston sharafini himoya qilgan. Dastlab Zakia Tolibon hokimiyatni egallab olgani sababli birinchi Paralimpiya oʻyinlarida qatnashish imkoniyatidan mahrum boʻlgan, biroq keyinchalik Afgʻonistondan xavfsiz evakuatsiya qilinganidan soʻng Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi tomonidan musobaqada ishtirok etishga ruxsat berilgan. Zakia musobaqalarda qatnashgan va Marina Karim 2004-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etganidan keyin 17 yil ichida Paralimpiya oʻyinlarida qatnashgan birinchi afgʻonistonlik ayol Paralimpiyachi boʻlgan. Shuningdek, Xudadadiy Tolibon hokimiyatni egallab olganidan keyin xalqaro sport musobaqalarida qatnashgan birinchi afgʻon sportchisi boʻlgan.

Biografiyasi Hirot viloyatida tugʻilgan Xudadsdiy hazora etnik guruhiga mansub. Uning bitta qoʻli bor shu tufayli paramusobaqalarda ishtirok etadi.

Faoliyati Xudadadini taekvondo sporti bilan shugʻullanishga 2008 va 2012-yillarda Afgʻonistondagi yagona Olimpiya medallari taekvondo boʻyicha boʻlganligi undagan. Zakia Afgʻonistonning birinchi (va hozirda yagona) Olimpiada sovrindori sifatida sharaflanadigan Rohulloh Nikpayga havas qilib bu sportni tanlagan. 2001-yilda Tolibon qulaganidan keyin Zakia, Afgʻonistondagi boshqa koʻplab ayollar singari, xuddi erkaklar kabii sport musobaqalarida qatnashishga daʼvat etilgan. Ammo u koʻp mashgʻulotlarni uyda va hovlisida oʻtkazgan, chunki uning mahalliy klublar sharafini himoya qilish imkoniyatlari oʻzining Hirot viloyatida toliblar borligi sababli cheklangan edi.

Zakia 2016-yilda Misrda oʻtkazilgan parataekvondo boʻyicha Afrika xalqaro chempionatida gʻolib chiqgan. U kechiktirilgan Tokio 2020 Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida qatnashish uchun wild card olgan va u yerda trekchi Hossain Rasuli bilan birga Afgʻonistondan ikki raqibdan biri sifatida tanlangan. Xudadadiy 49 kggacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi K44 musobaqasida qatnashish huquqini qoʻlga kiritgan.

U ota-onasini tashlab, yozgi Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish uchun Kobulga yoʻl olgan. Biroq Afgʻonistonning oʻyinlardagi ishtiroki Kobulning Tolibon qoʻliga tushishi ortidan xavf ostida qolgan edi. Afgʻonistonlik sportchilar ham aeroportlar yopilganligi sababli Kobulni tark eta olmaganlar. Xudadadiy Tolibondan yashiringan va Afgʻonistonni xavfsiz tark etish hamda Tokio Paralimpiadasida qatnashish uchun omma oldida chiqish qilib yordam soʻragan. U Ispaniyaning evakuatsiya roʻyxatida ekanligi tasdiqlangan. 2021-yil 28-avgust kuni Xudadadi oʻzining erkak vatandoshi Husayn Rasuli bilan birgalikda xalqaro evakuatsiya harakatlari doirasida Avstraliya Qirollik havo kuchlari tomonidan Kobuldan Parijga olib kelinganidan soʻng Tokioga yetib kelgan va Afgʻonistonning Tokio Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishi bilan bogʻliq savollarga barham berishgan. Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi prezidenti Endryu Parsons har ikkala Afgʻonistonlik sportchi ham intervyu uchun qatnasha olmasligini va ularga odatdagi matbuot anjumanlarini oʻtkazib yuborishga ruxsat berilganini eʼlon qilgan.

2021-yil 2-sentabr kuni u Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarining 1/8 finalida ishtirok etgan va oʻzbekistonlik Ziyodaxon Isoqovaga imkoniyatni boy bergan. Keyinroq Xudadadiy takroriy bosqichga yoʻl olgan, ammo ukrainalik Viktoriya Marchuk bilan oʻtgan bahsda magʻlubiyatga uchragan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1998-yilda tugʻilganlar