Jome al-bayon an taʼvil ay al-Qurʼon (, shuningdek, ʿan oʻrniga fī bilan ham yoziladi), xalq orasidagi mashhur nomi Tafsir at-Tabariy — fors olimi Muhammad ibn Jarir at-Tabariyning (838—923) sunniy tafsiri. Asar darhol yuksak darajada hurmat qozonib, olimlar uchun oʻz ahamiyatini hozirgi kungacha saqlab kelmoqdaC.E. Bosworth. Encyclopedia of Islam 2nd ed, Brill. "Al-Tabari, Abu Djafar Muhammad b. Djarir b. Yazid", Vol. 10, p. 14.. Bu asar Qurʼonning asl shaklida saqlanib qolgan eng birinchi yirik tafsiridir. At-Tabariyning tafsiri ham tarixiy asari kabi keng qamrovliligi va asosan ziddiyatli manbalardan iqtibos keltirishi bilan ajralib turadi. Kitob Somoniylar hukmdori Mansur I (961—976) topshirigʻiga koʻra Movarounnahrlik bir guruh olimlar tomonidan fors tiliga tarjima qilingan.
Kelib chiqishi
Tabariy asosan shogirdlariga aytib turib yozdirgan asarni 883-yilda tugatganYaqut al-Hamawi, Mu'jam al-udabā', XVIII, 62. Ushbu tafsir Tabariyning „Tarix at-Tabariy“ nomi bilan ham mashhur boʻlgan „Paygʻambarlar va hukmdorlar tarixi“ („Tarix ar-rusul val-muluk“) asaridan keyingi ikkinchi yirik asari.
Manbalar
Tabariy islom paygʻambari Muhammadning rivoyatlariga, jumladan, sahobalar va tobeinlarning rivoyat va sharhlariga tayangan. Tabariy tafsirga kiritilgan xabarlar uchun rivoyatlar zanjirini ham keltirib, baʼzan roviylarning ishonchliligini taʼkidlaganTafsir al-Tabari, I, 33. Rivoyatlar haqiqiyligiga qarab tanlangan. Shuningdek, oʻzining tarixiy asarlarida foydalangan bir xil tarixiy manbalarning rad etilishi diqqatga sazovor misoldir.
At-Tabariy oʻz asariga Abdurazzoq ibn Hammon al-Himyariy as-Sanʼoniyning (vaf. 211/827) avvalgi sharhini toʻliq kiritgan. Heribert Horst taʼkidlaganidek, At-Tabariy keyinchalik yoʻqolib ketgan boshqa sharhlardan ham foydalangan.
Muqaddima
Muqaddimada Qurʼon haqidagi umumiy maʼlumotlar, jumladan, uning boshqa matnlardan ustunligi, tafsir va tavil nima ekanligi, yetti qiroat, Qurʼonni sharhlagan sahobalar va suralarning nomlanishi kabilar keltirilganTafsir al-Tabari, I, 32.
Qurʼon tili boʻlmish arab tili muhokama qilinib, Qurʼonda begona soʻzlar bor, degan qarash rad etilganAl-Khatib al-Baghdadi, Ta'rikh Baghdad, II, 164; Yaqut al-Hamawi, Mu'jam al-udabā', XVIII, 42. Tabariy bu yot soʻzlarning arab tiliga mos kelishi, arab tiliga Qur’on nozil boʻlgunga qadar kirib kelgani, ular juda kam uchrashi va Qur’on arab tilida ekanligiga qarshi dalil sifatida ishlatilmasligini ta’kidlagan.
Kontent
Manbalar
Havolalar Internet Archive)
Turkum:Islom haqidagi kitoblar Tabariy Turkum:Muhammad ibn Jarir at-Tabariy asarlari