Hishom ibn Urva (; ) — atoqli hadis roviyi.

Hishom ibn Urva hijriy 61-yilda (milodiy 680) Madinada tugʻilganIbn Hajar, Tahdhib, xi, 51: see also Al-Dhahabi, Mīzān al-I’tidāl.. Otasi Urva ibn Zubayr Zubayr ibn Avvom va Asmo binti Abu Bakrning oʻgʻli, onasi esa nomaʼlum joriyalardan boʻlganMuhammad ibn Saʼd. The Men of Madina Volume II. Translated by Aisha Bewley. London: Ta-Ha (2000)..

Hishom Fotima binti Munzirga uyalangan va ularning Zubayr, Urva va Muhammad ismli farzandlari boʻlganMuhammad ibn Saʼd. The Men of Madina Volume II. Translated by Aisha Bewley. London: Ta-Ha (2000)..

Hishom ibn Urva ishonchli va qatʼiy, hadislari koʻp, obroʻli roviylardan deb taʼriflanadi. U otasi Urva, xotini Fotima hamda Vahb ibn Kaysonlardan hadislar rivoyat qilganMuhammad ibn Saʼd. The Men of Madina Volume II. Translated by Aisha Bewley. London: Ta-Ha (2000).. Uning shogirdlari orasida Molik ibn Anas ham bor edi. Muhammad ibn Umar al-Voqidiy Hishomdan hadislar tinglagan. Hishom vafot etganida al-Voqidiy atigi 16 yoshda boʻlgan.

Yaʼqub ibn Shayba Hishomni Iroqqa koʻchib oʻtgandan keyin ishonchsiz hadislar rivoyat qilgan deya taʼriflaydi. Zahabiyning soʻzlariga koʻra, Hishomning xotirasi qarilik tufayli pasayib ketganLittle, J. J. The Hadith of ʿĀʾišah’s Marital Age: a Study in the Evolution of Early Islamic Historical Memory. University of Oxford, 2022..

Hishom ibn Urva hijriy 146-yilda (milodiy 763) Bagʻdodda vafot etganMuhammad ibn Saʼd. The Men of Madina Volume II. Translated by Aisha Bewley. London: Ta-Ha (2000).Ibn Hajar, Tahdhib, xi, 51: see also Al-Dhahabi, Mīzān al-I’tidāl..

Yana qarang

Fotima binti Munzir

Manbalar

Havolalar

Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:772-yilda vafot etganlar Turkum:667-yilda tugʻilganlar Turkum:Abu Bakrning oilasi