„The Show Must Go On“ (oʻzbekcha: Shou davom etishi kerak) — „Queen“ rok-guruhining „Innuendo“ albomi yakuniy qoʻshigʻi. Guruhning „Greatest Hits II“ albomiga kiritilgan. Freddie Mercury hayotligida kuylangan, vafotidan 5 hafta-yu 6 kun oldin chiqqan oxirgi singl.
Freddie Mercury xotirasiga bagʻishlangan konsertda ushbu qoʻshiqni Elton John ijro etgan. Brian May va Roger Taylor ushbu qoʻshiqni oʻzlarining yakkaxon konsertlarida ham ijro etishgan. „The Show Must Go On“ qoʻshigʻi juda koʻplar kaver-versiyalariga ega.
Yaratilish tarixi Qoʻshiqning matni metaforalar bilan toʻla. Yaqinlashib kelayotgan tragediya haqida kuylangan; qoʻshiqning yakuniy qismida qahramonning hayotga boʻlgan muhabbati qayta kurtak otadi: „I have to find the will to carry on with the show“ (Men shouni davom ettirish uchun oʻzimda kuch topishim kerak), („Inside my heart is breaking“ (Mening yuragim ichidan parchalanmoqda)). Kompozitsiya Si minor bilan boshlanib ikkinchi qatori do-diez minorda davom etadi, keyinchalik qoʻshiq Si minorga qaytadi.
Chartlar
Haftalik chartlar Chart (1991—1992)yuqoripozitsiya (ARIA) 75 (European Hot 100 Singles) 19 (Official German Charts) 7 (Musica e dischi) 5
Yillik chartlar Chart (1991) Oʻrni (Dutch Top 40)95
Chart (1992) Oʻrni (Official German Charts) 46
Chart (2019) Oʻrni (AFP) 837
Manbalar
Havolalar
Aleksandr Karpenko Zaveщanie Freddi Merkyuri: Bilingva. „Raskadrovka“ smisla znamenitoy pesni
Turkum:Queen guruhi qoʻshiqlari