Pelageya Sergeyevna Telegina (, qizlik paytida Pelageya Sergeyevna Xanova, 14-iyul 1986-yilda tugʻilgan) — rossiyalik qoʻshiqchi, „Pelageya“ guruhining asoschisi va solisti. Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist (2020), Ingushetiya Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (2014). Pelageya turli xalqlarning turli tillarda xalq qoʻshiqlarini, oʻz guruhi aʼzolari tomonidan yozilgan romans va kompozitsiyalarni, asosan, rok aranjirovkasida kuylaydi.

Hayoti va ijodi Pelageya 1986-yil 14-iyulda Rossiya SFSRning Novosibirsk shahrida tugʻilgan. Pelageyaning onasi Svetlana Gennadievna Xanova(), sobiq jazz qoʻshiqchisi, teatr direktori va sahna sanʼati boʻyicha oʻqituvchi, hozirda qizining „Pelageya“ guruhi prodyuseri va badiiy rahbari hisoblanadi. Pelageyaning otasi maʼlum emas. Uning familiyasi Xanova onasining soʻnggi erining familiyasidir. Toʻrt yoshida u birinchi marta sahnaga chiqdiVunderkindi. Telefilm. OOO „Alfa-film“. Kanal „Rossiya 1“. Avtor ssenariya — Yuliya Semyonova, rejissyor — Ilya Tsvetkov, 2006. fragment s 14:10 po 20:32. Sakkiz yoshida Pelageya Novosibirsk konservatoriyasi qoshidagi Novosibirsk maxsus musiqa maktabiga (kollej) imtihonlarsiz oʻqishga kirdi va maktabning 25 yillik tarixidagi birinchi vokalchi talabasiga aylandi. Toʻqqiz yoshida u televizion tanlovda „1996-yilda Rossiyaning eng yaxshi xalq qoʻshiqchisi“ unvoniga sazovor boʻlgan.

1997-yilda u Moskvaning 850 yilligiga bagʻishlangan kontsertda qoʻshiq kuyladi, Uch davlat hukumat rahbarlari sammitida (Jacques Chirac, Helmut Kohl, Boris Yeltsin) yagona ijrochiVunderkindi. Telefilm. OOO „Alfa-film“. Kanal „Rossiya 1“. Avtor ssenariya — Yuliya Semyonova, rejissyor — Ilya Tsvetkov, 2006. fragment s 14:10 po 20:32 va Novosibirsk davlat universiteti jamoasi aʼzosi sifatida KVN telekoʻrsatuvida qatnashgan.

1999-yil iyul oyida u Mstislav Rostropovich tomonidan Evgeny Kissin, Ravi Shankar, B. B. King bilan birga Fransiyadagi musiqiy festivalga taklif qilindi. Rostropovichning rafiqasi Galina Vishnevskaya Fransuz gazetasiga bergan intervyusida uni „dunyo operasining kelajagi“ deb ataganNovie izvestiya 2006-03-06 Pevitsa Pelageya. Ya xochu delat modnuyu russkuyu muziku. 2000-yilda Pelageya oʻz nomi bilan guruh tuzdi.

14 yoshida Pelageya maktabni tashqi talaba sifatida tamomladi va Rossiya teatr sanʼati institutining estrada boʻlimiga oʻqishga kirdi. 2005-yilda institutni imtiyozli diplom bilan tamomlagan Razʼyasnenie dano v zvukovoy versii intervyu ot 20 oktyabrya 2012 goda, fragment ot 24:25 do 24:30— Pelageya: Net, ya daje familiyu obratno vzyala. Tak chto, esli chto, ya — Xanova. A to, znaete, pro menya pishut raznoe. Ya — Xanova.. 2003-yilda Sankt-Peterburgning 300 yilligi tantanasida chiqish qildi.

2009-yilda Pelageya Nashe radiosiga koʻra „Yilning eng yaxshi ayol solisti“ unvoniga sazovor boʻldi. 2015-yilda u Rossiya milliy musiqa mukofotlarida „Eng yaxshi xalq artisti“ nominatsiyasiga sazovor boʻldi. „Ovoz (Rus televizion koʻrsatuvi)“ 2012-2014 yillarda Pelageya Birinchi kanalda namoyish etilgan „Ovoz“ televizion koʻrsatuvida murabbiy-ustoz boʻldi. U Leonid Agutin, Aleksandr Gradskiy va Dima Bilanning doimiy kompaniyasida uch mavsum davomida shouda qatnashgan. Birinchi mavsumda Pelageyaning shogirdi Elmira Kalimullina boʻlib, ikkinchi oʻrinni egalladi. Ikkinchi mavsumda uning shogirdi Tina Kuznetsova toʻrtinchi oʻrinni, uchinchi mavsumda Yaroslav Dronovni ikkinchi oʻrinni egalladi. 2017-yilda u yana oltinchi mavsum uchun murabbiy-ustoz boʻldi. „Oltin tarkib“ (Gradskiy, Bilan, Pelageya, Agutin) loyihaga qaytdi. Uning shogirdi Ladislav Bubnar uchinchi oʻrinni egalladi. Oʻninchi mavsumda uning tarbiyalanuvchisi Aleksandr Volkodav birinchi oʻrinni egalladi va shu bilan Pelageya birinchi marta gʻolib murabbiyga aylandi.

Shaxsiy hayoti 2010-yilda Pelageya televizion rejissyor Dmitriy Efimovichga turmushga chiqdi. Ikki yildan soʻng yaʼni, 2012-yilda ular ajrashishdi Razʼyasnenie dano v zvukovoy versii intervyu ot 4 yanvarya 2011 goda, fragment ot 19:54 do 20:28. 2016-yilda u rossiyalik xokkeychi Ivan Teleginga turmushga chiqdi. 2017-yilning 21-yanvarida xonanda Taisiya () ismli qizini dunyoga keltirdiTelegin: v subbotu vecherom u menya rodilas dochka, nazvali Taisiey Chempionat.com. 2019-yil dekabr oyida Pelageya Instagram’da Telegin bilan ajralshishini eʼlon qildi. Ular 2020-yil dekabr oyida ajrashishdi.

Sanksiyalar

2022-yilda Korrupsiyaga qarshi kurash fondi Ukrainaga qarshi urushni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha konsertlarda qatnashgani uchun korrupsionerlar va urushni qoʻzgʻatuvchilar roʻyxatiga kiritilgan. 2023-yil 7-yanvarda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi fonida u Rossiya bosqinini qoʻllab-quvvatlagani uchun sanksiyalar qoʻllangan.

Diskografiya 2003 — Pelageya () 2007 — Qizlar qoʻshiqlari () 2009 — Sibir haydovchisi () 2010 — Soʻqmoqlar () 2013-yilda Pelageya „Gilos bogʻi“ () albomini yozishni rejalashtirayotganini eʼlon qildi.

Mukofotlari Ingushetiya Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (2014) — madaniyat rivojiga xizmatlari, koʻp yillik samarali mehnati uchun. Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist (2020) — milliy madaniyat va sanʼat rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi, koʻp yillik samarali faoliyati uchun. „Viktoriya“ Rossiya milliy musiqa mukofoti (2020) — Basta bilan birga „Pod palyaщim ognyom“ qoʻshigʻi uchun („T-34“ filmining saundtreki uchun). Manbalar

Havolalar Rasmiy sayt

Turkum:Rossiyalik qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar