„Lazgi“ xalqaro raqs festivali  — Oʻzbekistonning Xorazm viloyati Xiva shahrida Ichan qalʼa majmuasida aprel oyida oʻtkazib kelinayotgan xalqaro tadbir. Festival UNESCO shafeligiga olingan. Lazgi — Xorazm raqsi boʻlib, UNESCOning nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Tarixi Lazgi Xorazmning qadimiy raqsi hisoblanadi. Lazgi harakatlari tevarak-atrofdagi tabiat tovush va hodisalarini his tuygʻular uygʻunligida aks ettirish demakdir. Dastlab Xorazm yerlari, Xorazm raqsi bilan bogʻliq boʻlgan lazgi keyinchalik Oʻzbekiston boʻylab keng tarqalgan. Ushbu raqsning qadimiy suratlarini Xorazm viloyatidagi Tuproqqal’a arxeologik yodgorligidan topish mumkin, bu uning koʻp asrlik ildizlaridan dalolat beradi. 2019-yil 12-dekabr kuni UNESCO Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha hukumatlararo qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston madaniy merosi elementi oʻlaroq insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ roʻyxatiga kiritilgan. Shundan keyin 2020-yil 13-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taklifiga binoan 2022-yildan buyon har ikki yilda bir marta oʻtkazib kelinmoqda.

Sanʼatsevarlar tomonidan „Lazgi“ga quyidagicha taʼriflar berilgan;

Festival jarayoni 2022-yil ilk bor oʻtkazilgan festivalda 30 dan ortiq mamlakatdan 175 dan ortiq vakil ishtirok etgan boʻlsa, 2024-yil ikkinchi marotaba tashkil qilingan festivalda 33 davlatdan, jumladan, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Indoneziya, Belarusiya, Rossiya, Serbiya, Italiya, Hindiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Yaponiya, Braziliya, Fransiya, Misr Arab Respublikasi, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti — TURKSOY, Koreya kabilardan 200 dan ortiq raqqos va raqqosalar, raqs jamoalari, raqs sanʼati ustalari, musiqashunos va sanʼatshunos olimlar, taniqli sanʼatkorlar, mutaxassislar hamda faxriy mehmonlar ishtirok etgan.

2024-yilda ushbu festival doirasida ilmiy-amaliy konferensiya ham tashkil etilgan boʻlib, unga 50 ga yaqin mahalliy olimlar, 25 dan ortiq xorijlik olim va soha vakillari, jumladan Buyuk Britaniya, Fransiya, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya, Turkiya, Qirgʻiziston, Serbiya, Braziliya, Yaponiya, Ispaniya, Misr, Gruziya, Hindiston, Ukraina, Bolgariya, Qatar, Ozarbayjon va Oʻzbekiston AQSH, Avstriya, Iordaniya, Meksika, Gana, Makedoniya, Eron, Xitoy, Pokiston, Italiya va boshqa davlatlardan oflayn va onlayn tartibda ishtirok etishgan.

Mukofotlanganlar roʻyxati „Lazgi“ xalqaro raqs festivalida „Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi“ nominatsiyasi boʻyicha mukofotlanganlar roʻyxati (2022-yil) Egallagan oʻrniIsmi-familiyasiQaysi davlatdanMukofotlar (AQSH $)Gran priDilnoza OrtiqovaOʻzbekiston70001-oʻrinGulnur Qosimbek Sherzod KenjaboyevQozogʻiston    

Oʻzbekiston5000

50002-oʻrinNitxi Misra

Feruza AzatovaHindiston

Oʻzbekiston3000

30003-oʻrinKristina Kovrova va Nikita Gruzdev

Nereya FernandesRossiya

Ispaniya2000

2000

2000

„Lazgi“ xalqaro raqs festivalida „Eng yaxshi raqs jamoasi“ nominatsiyasi boʻyicha mukofotlanganlar roʻyxati (2022-yil) Egallagan oʻrniJamoa nomiQaysi davlatdanMukofotlar (AQSH $)1-oʻrinTumorOʻzbekiston    50002-oʻrinNavbahor

Ozarboyjon davlat ashula va raqs ansambliOʻzbekiston

Ozarbayjon3000

30003-oʻrinShattiq

InegolQirgʻiziston

Turkiya2000

2000

„Lazgi“ xalqaro raqs festivalida „Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs“ nominatsiyasi boʻyicha mukofotlanganlar roʻyxati (2022-yil) Egallagan oʻrniJamoa nomiQaysi davlatdanMukofotlar (AQSH $)1-oʻrinPirinBolgariya    50002-oʻrinZebo

„Oʻzbekiston“ raqs ansambliTojikiston

Oʻzbekiston3000

30003-oʻrinSveti dordi

TannuraSerbiya

Misr2000

2000

Festival tashkilotchilari UNESCO Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi Xorazm viloyati hokimligi Turizm va madaniy meros vazirligi

Festival sanalari 2022-yil — 26—29-aprel 2024-yil — 25—30-aprel

Manbalar

Havolalar The timetable of the Lazgi International Dance Festival "Lazgi" international dance festival was held in Khiva. The first international dance festival "LAZGI" has ended in Khiva. It should be noted that from now on this international dance festival will be held every two years. XIVADA LAZGI FESTIVALI DAVOM ETMOQDA.INTERNATIONAL LEZGI DANCE FESTIVAL CONTINUES IN KHIVA Dilnoza Artikova is performing "Surnai Lazgi" at Lazgi Festival, Khorazm, Uzbekistan. Amazing Lyazgi dance performed by the winner, Dilnoza Artikova of the Uzbek national dance of Lazgi Xiva 2022 Lazgi festivali The award ceremony at the Lazgi Ensemble Dance Magic Festival

Turkum:Tanlovlar Turkum:Oʻzbekistondagi festivallar‎ Turkum:Xiva