Power Horse stadioni — Ispaniyaning Almería hududida joylashgan koʻp funksiyali stadion. Mazkur maydon UD Almería jamoasining uy maydoni hisoblanadi va 17,400 muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdiradi. Tarixi 2005-yilgi Oʻrta yer dengizi oʻyinlari uchun qurilgan stadion 2004-yil 31-iyul kunidan ishga tushirilgan, stadionning umumiy narxi 21 million yevroni tashkil qilgan va unga Ayuntamiento de Almería tomonidan mablagʻ ajratilgan. Stadiondan keyinchalik ikkinchi jamoa ishlatadigan maydon sifatida foydalanila boshlangan va u Estadio Municipal Juan Rojas oʻrniga UD Almería jamoasining uy maydoniga aylangan.
Stadionning sigʻimi Almería jamoasining La Ligaga oʻtganligi munosabati bilan 15,000 dan 21,350 tagacha kengaytirilgan. 2012-yildan buyon jamoa uni darvozalar ortidagi keng hududga qoʻshimcha oʻrindiqlar oʻrnatib ishlatib kelmoqda. Bunday tuzilish bilan maydon sigʻimi 15,274 tagacha qisqartirildi. 2021-yil avgust oyida, Ayuntamiento de Almería UD Almería jamoasiga madonga 25 yil davomida egalik qilish huquqini berdi. Kelish transporti Power Horse stadioni shaharning asosiy temir yoʻl stansiyasidan 2 kilometr uzoqlikda joylashgan va bu shahardan biroz uzoqroq hudud, u yerga mashinalar orqali emas, faqat temir yoʻl stansiyasi yoki Line 7 avtobus yoʻnalishi orqali kelish mumkin. Ispaniya milliy futbol terma jamoasi oʻyinlari Stadion 2005-yil 9-fevral sanasida, 2006-yilgi Jahon chempionati saralash doirasida Ispaniya va San Marino jamoalari oʻrtasidagi bahsga mezbonlik qilgan va yakunda Ispaniya 5—0 hisobida gʻalabaga erishgan. Manbalar
Turkum:Stadionlar Turkum:Andalusiyadagi futbol stadionlari Turkum:Ispaniyadagi koʻp maqsadli stadionlar