Dehibolo  — Oʻzbekiston Respublikasining Surxondaryo viloyatiga qarashli qishloq. Boysun tumani tarkibiga kiradi. Tuman markazidan 60 kilometr yoki yetti soatlik avtomobil yoʻli masofasida joylashgan.

Xalq deputatlari Boysun tumani kengashining 2022-yil 5-oktyabrdagi VI-54-110-8-110-K/22-sonli qarori bilan Dehibolodagi ikkita nomsiz koʻchaga Sarbaland va Eʼtiqod nomlari berilgan.

Qishloq olti oy davomida tashqi dunyodan uzilib qoladi.

Nomlanishi Dehibolo tojikchadan tarjima qilinganda „eng baland qishloq“ degan maʼnoni bildiradi.

Joylashuvi Dehibolo qishlogʻi 3000 metrdan ortiq balandlikda joylashgan.

Tarixi Qishloq taxminan 800 yil oldin paydo boʻlgan. 1982-yilda avtomobil yoʻli qurilgan. 1983-yilda esa elektr tarmogʻiga ulangan.

Taxminan toʻrt yuz yil oldin qishloqda toshda oʻyib ishlangan 500 metrlik shoti yoʻl qurilgan. Bu ishga homiylik qilgan Bibishoh xonim sharafiga „Bibishoh shotisi“ deb nomlanadi. Qurilishga sangtarosh usta Olim boshchilik qilgan. XX asrning 70-yillarida usta Toshmuhammad boshchiligida bu yoʻl taʼmirlangan. Rejissyor Temurmalik Yunusovning Boysun haqidagi „Unutilgan qoʻshiqlar“ kinosida Bibishoh shotisi tilgan olingan.

Iqtisodiyoti Qishloq aholisi asalarichilik bilan shugʻullanadi, qoʻy boqadi, meva-sabzavot yetishtiradi, yoz boʻyi koʻmir, oʻtin gʻamlab qoʻyadi.

Dehibolo Surxondaryoning quvur orqali gaz yetkazib berilmaydigan qishloqlaridan biri. Qishloqqa Duoba qishlogʻidagi maishiy gaz balonlarni saqlash va tarqatish servis markazidan suyultirilgan gaz yetkazib beriladi. Qishloq markazlashgan ichimlik suvi taʼminotiga ulanmagan. Ichimlik suvi maxsus avtomashinada keltiriladi. Elektrlashtirilgan, vaqti-vaqti bilan markaziy elektr taʼminotidan uziladi.

Madaniy hayot thumb|upright=1.5|right|Qishloq yaqinidagi Boybuloq gʻori. Qishloqda 150 yillik tarixga ega masjid mavjud. „Abu Hanifa“ nomi berilgan ushbu masjid 2021-yil 31-mart kuni Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. 400 namozxonga moʻljallangan masjid qishloq faollari hamda usta Toshmuhammad tomonidan toʻliq qayta taʼmirlangan. Masjid ustunlari va shifti oʻymakor naqshlar bilan bezatilgan yogʻochdan ishlangan. Dehiboloda APU:890175 kodi bilan roʻyxatga olingan qabriston ham mavjud.

Boysun tumanidagi 19-maktab Dehibolo qishlogʻida joylashgan. Maktab 2021-yil avgustda taʼmirdan chiqqan. 2020/2021-yilgi oʻquv yilida maktabda 224 nafar oʻquvchi 2 navbatga boʻlingan holda taʼlim olgan.

Mashhurligi Dehibolo Markaziy Osiyoning eng chuqur gʻori — Boybuloqqa eng yaqin qishloq sifatida mashhur.

Manbalar

Turkum:Boysun tumani Turkum:Surxondaryo viloyati geografiyasi Turkum:Surxondaryo viloyati qishloqlari