Murtazo Rahmatov Axmedovich (1958-yilning 15-may kunida tavallud topgan) — Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi, Buxoro viloyati „Bukhara Cotton Textile Cluster“ paxta-toʻqimachilik korxonasi rahbari hamda O‘zbekiston paxta-toʻqimachilik klasteri uyushmasi raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Tarjimai holi Murtaza Raxmatov 1958-yilning 15-may sanasida tavallud topgan. Millati oʻzbek. Maʼlumoti oliy va mutaxassisligi boʻyicha iqtisodchi.

Faoliyati Quyi Chirchiq tumanida ish olib boruvchi „TCT cluster“ korxonasini yoʻlga qoʻygan. Keyinchalik ikkinchi klasterini 2019-yilda, SSSR davridan qolgan Buxoro paxta zavodi oʻrnida qayta ishga tushiradi va „Bukhara Cotton Textile Cluster“ nomi bilan faoliyat yurita boshladi. Klaster jinsi ishlab chiqarish hamda eksport qilishga yoʻnaltirilgan. Hukumatning 2020-yil 12-maydagi 769-son qaroriga muvofiq „Oʻzbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari“ uyushmasi raisi ish lavozimiga tayinlandihttps://t.me/uzauz/702 UzA.uz telegram kanali.

2020-2021 oʻquv yilidan boshlab Senator stipendiyasini taʼsis etadi. Ilk stipendiya sohibi esa Toshkent davlat yuridik universiteti 1 bosqich talabasi boʻladi.

Murtazo Rahmatov stipendiya topshirish jarayonida shunday degan:

2021-yilga kelib „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi“ faxriy unvonini qoʻlga kiritdi.

Iqtisodiyot fanlari doktori Murtazo Axmedovich hamda biologiya fanlari doktori, akademik, professor Baxridin Zaripov bilan birgalikda „Cotton-Textile Cluster — losomotive of the economic development“ („Paxta-toʻqimachilik klasteri — iqtisodiy taraqqiyot lokomotivi“ kitobini Germaniyaga bosib chiqarishadi.

Yana qarang

Senatorlar

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Manbalar

Turkum:Senatorlar