Daniel Didavi () – 1990-yil 21-fevralda tugʻilgan nemis futbolchisi.

Klubdagi faoliyati Didavi Shtutgart klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2003-yildan 2008-yilgacha yoshlar jamoasida toʻp surgan. Didavi 2009-yilning 21-yanvarida klub bilan oʻzining ilk proffesional shartnomasini imzolaydi. Shartnoma 2012-yilning yoziga qadar moʻjallangan edi. Futbolchi oʻz debyutini 2010-yil UEFA Yevropa Ligasi doirasidagi uchinchi kvalifikatsiya roundida Molde FK ga qarshi oʻtkazadi. Futbolchining Bundesligadagi debyuti 2010-yili 29-vvgustda Borussiya klubiga qarshi amalga oshadi.

2011-yilning iyul oyida Daniel 1. FC Nürnberg klubiga ijara asosida oʻtadi. Ijara shartnomasi bir yilga moʻjjallangan edi.

2012-yil 2-iyul kuni Daniel Didavi Shtutgart klubi bilan shartnomani 2016-yilgacha uzaytirganini eʼlon qildi.

2016-yil 5-aprelda VfL Wolfsburg klubi bilan besh yillik shartnoma imzolaydi.

Xalqaro faoliyati Daniel Didavi Germaniya yoshlar jamoasining U-18, U-19, U-21 yosh toifalarida oʻz oʻyinlarini namoyish etishga ulgurgan futbolchi hisoblanadi.

Shaxsiy hayoti Didavining onasining millati nemis. Otasining asli kelib chiqishi Benin davlatiga borib taqaladi.

Sovrinlar

Shtutgart DFB-Pokal Finalchi: 2012-2013

Manbalar