Hladnikia — ziradoshlar oilasiga mansub gulli oʻsimliklar turkumi. Turkumga mansub yagona tur, Hladnikia pastinacifolia, Sloveniya paleoendemiti, oʻsish hududi atigi 4 kmli maydon bilan cheklangan. Nemis botaniki Geynrix Gotlib Lyudvig Reyxenbax bu turkumga karniol botanik olimi va Lyublyana botanika bogʻining asoschisi Franz Hladnik sharafiga nomlagan.

Tavsif Hladnikia pastinacifolia — koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Tik gullaydigan poyaga ega, uzunligi 15 dan 30 santimetrgacha boʻlishi mumkin. Hladnikia pastinacifolia koʻproq seldereyga (Apium graveolens) oʻxshaydi, lekin barglari qisqa va qalinTurkum:CS1 Slovenian-language sources (sl). Turning ildizi uzun va enli. Oʻsimlik gulining oq, yurak shaklida, uzunligi 1 mm uzunlikdagi barglari bor.

Oʻsimlikning koʻpayish tizimi haqida koʻp narsa maʼlum emas. Bu oʻsimlik turi entomofil boʻlib, turli xil changlatuvchilarga ega. Turlarning gullash davri maydan iyulgacha davom etadi„Hladnikia pastinacifolia (rebrinčevolistna hladnikija)“. www.botanicni-vrt.si (in Slovenian). Retrieved 2021-08-15.. Muvaffaqiyatli changlanishdan soʻng, avgust oyining oxiridan sentabrgacha urugʻlar rivojlanadi. Meva shizokarp boʻlib, soʻng kengligi 2 mm boʻlgan 4 mm oʻlchamdagi ikkita merikarpga boʻlinadi.

Hladnikia pastinacifoliada xromosoma soni 2n = 22Sajna, Nina; Šuštar-Vozlič, Jelka; Kaligarič, Mitja (28 October 2014). "New Insights into the Anatomy of an Endemic Hladnikia Pastinacifolia Rchb". Acta Botanica Croatica. 73 (2): 375-384. doi:10.2478/botcro-2014-0005. S2CID 36596271..

Tarqalishi Oʻsimlik Sloveniyaning paleoendemik turi boʻlib , Trnovski gozdda kichik maydonda (4 km 2) oʻsadi. U yerda bu oʻsimliklar faqat platoning janubiy yonbagʻirlarida va shimoliy yon bagʻirlarida 9 km uzoqlikda joylashgan ikkita alohida joylarda uchratish mumkinŠajna, Nina; Kavar, Tatjana; Šuštar-Vozliè, Jelka; Kaligariè, Mitja (1 January 2012). "Population Genetics of the Narrow Endemic Hladnikia Pastinacifolia RCHB. (Apiaceae) Indicates Survival in Situ During the Pleistocene". Acta Biologica Cracoviensia Series Botanica. 54 (1). doi:10.2478/v10182-012-0009-8.Sajna, Nina; Šuštar-Vozlič, Jelka; Kaligarič, Mitja (28 October 2014). "New Insights into the Anatomy of an Endemic Hladnikia Pastinacifolia Rchb". Acta Botanica Croatica. 73 (2): 375-384. doi:10.2478/botcro-2014-0005. S2CID 36596271..

Uning populyatsiyasi IUCN Qizil roʻyxatida barqaror turlar qatoriga kiritilgan. Oʻsimlik oʻsishiga xavf soluvchi tahdidlar qatoriga odamlarning oʻsimlik oʻsish joylarini oʻzlashtirishi va turli tartibsizliklar (masalan, dam olish faoliyati), shuningdek, tabiiy tizim oʻzgarishlari kiradi. Trnovo oʻrmon platosi Natura 2000 saytida roʻyxatga olingan.

Manbalar

Turkum:Apiodeae