Talapov Baxriddin Alijanovich (1958-yil 11-may, Chust tumani, Namangan viloyati) — falsafa fanlar doktori (2023), professor (2023). Namangan davlat universiteti Yuridik fakulteti dekani. Biografiyasi 1958-yil 11-mayda Namangan viloyati, Chust tumanida tavallud topgan. 1976-1981 yillarda Toshkent davlat universiteti talabasi, 1985-1987 yillarda Toshkent davlat universiteti aspiranti, 1991-1994 yillarda Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti doktoranti bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1981-1982-yillarda Namangan davlat pedagogika instituti oʻqituvchisi sifatida boshlagan.

1987-1991-yil. — Namangan davlat pedagogika instituti katta oʻqituvchisi.

1994-2003-yil. — Namangan davlat universiteti tarix fakulteti dekani, huquqshunoslik kafedrasi mudiri, huquqshunoslik fakulteti dekani

2003-2008-yil — Namangan shahri huquqshunoslik kolleji direktori

2008-2010-yil — Namangan davlat universiteti tarix fakulteti dekani

2010-2010-yil. — Namangan davlat universiteti maʼnaviy — ahloqiy tarbiya ishlari boʻyicha prorektori vazifasini bajaruvchi

2010-2011-yil. — Namangan davlat universiteti oʻquv ishlari prorektori vazifasini bajaruvchi

2011-2012-yil. — Namangan davlat universiteti maʼnaviy — ahloqiy tarbiya ishlari boʻyicha prorektori vazifasini bajaruvchi

2012-2013-yil. — Namangan davlat universiteti milliy gʻoya, maʼnaviyat va huquq asoslari kafedrasi mudiri

2013-2014-yil. — Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakul’teti dekani

2014-2018-yil. — Namangan davlat universiteti milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasi mudiri

2018-2020-yil. — Namangan davlat universiteti milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasi dotsenti

2020-yildan. — hozirgi vaqtgacha. — Namangan davlat universiteti Yuridik fakulteti dekani lavozimida samarali faoliyat olib bormoqda..

Ilmiy faoliyati 2023-yilda „Oʻzbekistonda milliy demokratik taraqqiyotning falsafiy — huquqiy masalalari“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.

Mukofotlari 2021-yil Xalqaro Amir Temur hayriya jamoat fondi esdalik nishoni

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston professorlari Turkum:Chust tumanida tugʻilganlar Turkum:Falsafa fanlari doktorlari