Emin Mahmudov (27-aprel 1992-yilda tugʻilgan) — ozarbayjonlik professional futbolchi. Yarim himoyachi pozitsiyasida harakat qiladi. „Neftçi Boku“ klubi va Ozarbayjon milliy terma jamoasi aʼzosi. Terma jamoa sardori. 2021 va 2022-yillarda Ozarbayjonda yil oʻyinchisi deb topilgan.

Klublardagi faoliyati

Saturn Ramenskoye Mahmudov 1992-yilda Ozarbayjonning Saatli shahrida tugʻilgan. Bolaligida oilasi bilan Rossiyaga koʻchib oʻtgan va „Saturn Ramenskoye“ akademiyasida futbol bilan shugʻullanishni boshlagan. 2010-yilgi mavsum davomida kattalar jamoasida harakat qilgan. Mahmudov Rossiya Premyer Ligasida 2010-yil 24-aprel kuni 17 yoshida debyut qilgan. Debyut uchrashuvida Moskvaning Dinamo klubiga qarshi bahs olib borgan. Ilk golini 20-noyabr kuni „Anzhi“ darvozasiga kiritgan. Mahmudov Premer-ligadagi birinchi mavsumida jami 22 ta oʻyin oʻtkazgan.

Spartak Moskva „Saturn“ klubi tarqatib yuborilgandan soʻng, Mahmudov 2011-yil 15 yanvarda Spartak Moskva bilan erkin agent sifatida uzoq muddatli shartnomaga imzo chekdiMaxmudov podpisal kontrakt so „Spartakom“. 2011—12-yilgi mavsumidagi birinchi oʻyinida Rostovga qarshi bahsda 90 daqiqa harakat qilgan. Mahmudov Spartak safida mavsum davomida jami 12 oʻyinda ishtirok etgan. Muvaffaqiyatli startga qaramay, asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmagan. 2012 va 2014-yillar oraligʻida Mahmudov Premyer Liga jamoalari — Tomsk va Kryliya Sovetov safida ijara asosida harakat qilganMaxmudov vozvraщaetsya.

Terma jamoadagi faoliyati 2021-yilgacha terma jamoa safida atigi bitta gol urgan. 2021-yilda milliy terma jamoa safida 12 ta oʻyin oʻtkazib, raqiblar darvozasiga 7 ta toʻp kiritishga muvaffaq boʻlgan va terma jamoa tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar 5 taligiga kirgan. 2023-yilning 16-noyabr kuni Yevro-2024 saralashi doirasidagi Shvetsiyaga qarshi bahsda (3:0) dubl qayd etgan.

Sovrinlari

Neftçi Boku PFK Ozarbayjon premyer-ligasi gʻolibi: 2020-21

Krilya Sovetov Futbol boʻyicha Rossiya birinchi ligasi: 2014-15

Rossiya-U21 Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstlik kubogi: 2012, 2013

Shaxsiy Ozarbayjonda yilning eng yaxshi futbolchisi: 2021, 2022

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Ozarbayjonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Neftçi Boku klubi futbolchilari Turkum:FC Mordovia Saransk futbolchilari Turkum:PFC Krylia Sovetov Samara futbolchilari Turkum:FC Tom Tomsk futbolchilari Turkum:FC Spartak Moskva futbolchilari Turkum:FC Leon Saturn Ramenskoye futbolchilari Turkum:Boavista F.C. futbolchilari Turkum:Ozarbayjon Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiyalik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Ozarbayjonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ozarbayjon milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari