„Eron-Isroil mojarosi“ — 2024-yil 13-aprel kuni Isroil—Hamas urushi vaqtida Eron Isroilga uchuvchisiz samolyotlar va raketa zarbalari bergan holatda hujum boshladi. Ammo Snaryadlar Isroil hududlariga qadar yetib bormagan. Bu Eronning 1979-yildan beri Isroilga toʻgʻridan-toʻgʻri qilgan ilk hujumidir. Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi oʻz hujumiga „Haqiqat vaʼdasi“ operatsiyasi kod nomini berdi.

Kelib chiqish sabablari 2023-yil 7-oktyabrda Eron va Qatar koʻmagida jangari tashkilot sanalgan Hamas Isroilga janubdan hujum uyushtirdi. Hujum natijada 1200 kishi halok boʻldihttps://www.timesofisrael.com/the-10-children-still-held-hostage-in-gaza-yet-to-be-freed-under-truce-deal/. Isroil bunga javoban Gʻazo sektorida harbiy operatsiya boshlab yubordi. Operatsiya davomida 33 000 dan ortiq odam halok boʻldi.

7-oktyabrdan boshlab Livanda Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Hizbulloh guruhi Isroil qarshi shimoldan hujum boshladi. Urush boshlangandan buyon Hizbulloh va Isroil oʻrtasida 4400 dan ortiq turli toʻqnashuvlar qayd etilgan. Mojaro boshlangandan beri Isroil oʻz shimoliy hududlaridan taxminan 100 000 fuqarosini evakuatsiya qildihttps://www.reuters.com/world/middle-east/dangerous-stasis-israels-northern-border-leaves-evacuees-limbo-2024-01-11/}}.

2024-yilning 1-aprelida Suriyaning Damashq shahridagi Eron elchixonasi yonidagi Eron konsulligi binosiga Isroil tomonidan havo hujumi uyushtirilib, 16 kishi, xususan, Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusining Quds kuchlari qoʻmondoni, brigada generali Muhammad Rizo Zohidiy oʻldirildi. Hujumdan koʻp oʻtmay, Eron bu hujumga javoban qasos olishga vaʼda berdi. Havo hujumi uchun potentsial sabab sifatida koʻrsatilgan hisobotlarda Eron bino elchixona binosining bir qismi ekanligini daʼvo qilgan. Isroil esa bu bino Eron Inqilobiy Gvardiyasi tomonidan foydalaniladigan va elchixonaning panjara bilan oʻralgan majmuasi tashqarisida joylashgan bino ekanligini taʼkidladihttps://www.timesofisrael.com/top-iranian-irgc-commander-said-killed-in-alleged-israeli-strike-on-damascus/.

Hujumdan bir necha hafta oldin Qoʻshma Shtatlar, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya Eronni Isroilga hujum qilmaslik haqida ogohlantirgan. Shuningdek, bunday hujum yuz bergan taqdirda, bu katta toʻqnashuvlarga olib borishi, bunday sharoitda Gʻarb Eronga qarshi harbiy yoʻl bilan javob berishi mumkinligi taʼkidlandi. Bunday hujum Isroilning Eron hududiga toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy javob zarbari berishiga olib kelishi mumkinligi ham eslatib oʻtildi.

2024-yil aprel oyining boshlarida Eron hukumati Isroil bilan urushga aralashib, uni himoya qilsa, Qoʻshma Shtatlar harbiy bazalariga hujum qilish bilan ham tahdid qildihttps://www.axios.com/2024/04/12/iran-israel-attack-us-troops-warning.

Hodisalar 13-aprel Eron 2024-yil 13-aprel kuni kechqurun Isroil hududlarini nishonga olgan dronlar hujumni boshlab berdi. Isroil va AQSh rasmiylariga koʻra, hujum „oʻnlab dronlar“lar yordamida kechishi taʼkidlandi. Shuningdek, raketa hujumlari amalga oshirilgani xabar qilingan. Isroil rasmiylariga koʻra, 100 ga yaqin, AQSh rasmiylariga koʻra esa 400-500 ta raketa va dronlardan foydalanilgan. Isroil rasmiylarining xabar berishicha, raketalar faqat Golan tepaliklari va Negev choʻlidagi Isroil bazasini nishonga olgan.

Tarqalayotgan videolarning baʼzilarida „Shahed 136“ dronlari koʻzga tashlangan.

Natijasi Misr, Iroq, Iordaniya, Livan, Suriya va Isroil bu hujumlarga javoban havo hududini yopdi. Iordaniya rasmiylari oʻz havo kengliklarini buzgan Eron samolyotlarini urib tushirishga tayyor ekanliklarini bildirgan.

Manbalar