Uzunada yoki Uzun ada (tarjimasi: uzun orol) — Turkiyaning gʻarbiy sohilida joylashgan Izmir koʻrfaziga kirish joyidagi orol. Hududi 26,8 km2. U Gʻarbda Turkiyaning Karaburun yarim oroli, sharqda Foça tumani orasida joylashgan. Orol Turkiyada toʻrtinchi, Egey dengizi boʻyicha esa uchinchi yirik orol hisoblanadi. Nomlari bir qancha boʻlib, qadimda nomi Drymoussa (Δρυμούσσα) deb atalgan.
Keyinchalik Makronisi (uzun orol) hamda Englezonisi (inglizlar oroli) deb ham yunonchada nomlangan. Enclazomenisi nomi qadimgi shahardan, Clazomenae esa qarama-qarshi tomonidagi qirgʻoq nomidan olib qoʻyilgan. Janubiy tomonida bir nechta kichik orollar boʻlib, Yassıca oroli ham shu jumlaga kiradi, uni Chustan oroli deb ham atashadi.
Uzunada soʻzi Turkiyaning boshqa Egey dengizi sohilidagi orollarining nomida ham mavjud. Hozirda harbiy harakatlar tufayli Uzunadaga tashrif buyurish aholi uchun taqiqlangan.
Tarixi Tarixiy hujjatlarda Uzunada nomini tarixchi Thucydides tomonidan Peloponnes urushi 20-yilidagi kuchli shamol boʻlganida spartalik navarx Astyochus kemalarini sakkiz kun shu orolga qoʻygani haqida eslab oʻtilgan.
Milodddan avvalgi 188-yilda Apamea shartnomasi tuzilib, orol Klazomena shahri tasarrufiga oʻtkazilgan. 1914-yilga kelib bu hududda 2000 ga yaqin Usmonlilar istiqomat qilgan. Ammo XIX asrda inglizlar ham orolga daʼvogarlik qilishgan. Birinchi jahon urushi davrida Britaniyaning Oʻrta Yer dengizi floti 1916-yilda orolni egallab oladi va nomini Chustan deb oʻzgartiradi. Ular bu yerda pochta markalari chiqara boshlaydi. Gretsiya va Turkiya oʻrtasida aholi almashinuvidan keyin orolning koʻpchilik aholisi Magnesiadagi Nea Ioniaga koʻchib oʻtgan.
Manbalar
Turkum:Manzarali joylar Turkum:Turkiya orollari Turkum:Egey orollari Turkum:Izmir orollari