Amr ibn al-Osning Zat al-Salosilga yurishiAtlas Al-sīrah Al-Nabawīyah. , shuningdek, Zat al-Salosil yurishiDhat As-Salasil Campaign, Witness-Pioneer.com deb nomlanib, milodiy 629-yil sentyabr oyida (hijriy 8-yilning 6-oyi) boʻlib oʻtgan„List of Battles of Muhammad“. Archived from the original on 2011-07-26. Retrieved 2011-04-29..
Tavsifi Mu’ta jangida musulmonlarning magʻlubiyatidan soʻng Gʻassoniylar davlatiga qarashli koʻplab qabilalar oʻzlarining qarshi harakatlarini qilish imkoniyatini seza boshlaydilar. Banu Quda qabilasidagilar Madinada musulmonlarga qarshi ommaviy bosqin rejalashtira boshlashdi. Musulmon josuslari esa darhol Muhammadni bundan ogohlantirib, favqulodda shoʻro chaqirilishiga sabab boʻlishdi.
Shundan soʻng Muhammad Amr ibn al-Osni Banu Quda qabilasiga qarshi yurishga boshchilik qilish uchun tayinlaganBasalamah, Lc..
Muhammad tomonidan buyurilgan ushbu yurishga Amr ibn al-Os qoʻmondonlik qilgan boʻlib, qoʻshin uch yuz otliq askarlardan iborat ediMubarakpuri, Safiur Rahman (6 October 2020). . Mu’ta jangida otasi Zayd ibn Horisadan ayrilgan Usoma ibn Zaydning ushbu yurishda ishtirok etgani musulmon yilnomachilari tomonidan qayd etilgan. Koʻplab urush faxriylaridan tashqari, shuningdek, ushbu yurishda, boshqa hududlarda istiqomat qiluvchi musulmon jangchilari ham ishtirok etishganThe Life of Muhammad, Ibn Hisham.
Yurish Amr ibn al-Os 10 kunlik yurishdan soʻng musulmon qoʻshini Salosil degan buloqda qarorgoh tuzadi va u yerda Banu Quda qabilasi vakillarining toʻplanib turganini koʻradi. Shundan soʻng Amr ibn al-Os Muhammadga maktub yoʻllab, qoʻshinni kuchaytirish uchun qoʻshimcha kuch soʻraydi. Muhammad Abu Ubayda ibn Jarroh boshchiligidagi yuz kishilik qoʻshinni yordam kuchi sifatida yuboradi, shuningdek, ushbu qoʻshin tarkibida Abu Bakr Siddiq va Umar ham ishtirok etgan.
Musulmonlar raqiblari joylashgan hudud tomon maʼlumot toʻplash uchun oʻz odamlarini yubora boshlaydilar. Amr ibn al-Os raqib kuchlari oʻz qoʻshinidan ancha koʻpligini payqagach, ularga qarshi kunduzi hujum qilmaslikka qaror qiladi va askarlariga tungacha oʻzlariga qarorgoh qurishni buyuradi.
Jang Musulmonlar dushmanga qarshi tungi bosqin uyushtirishadi. Amr ibn al-Os oʻz oʻz askarlariga ikkita-ikkita boʻlib, yonma-yon turishlarini, hatto otlarini ham bir-biriga bogʻlab turishlarini buyuradi. Musulmonlarning tungi bosqini muvaffaqiyatli amalga oshiriladiالطبقات الكبرى، ابن سعد، ج2، ص131، دار صادر، بيروت.. Yana qarang
Muhammadning harbiy faoliyati Muhammadning yurishlari roʻyxati
Manbalar
Turkum:Muhammad tomonidan buyurilgan yurishlar Turkum:629