Igor Vladimirovich Belolipov (1938-yil 20-fevral, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik botanik olim, oʻsimliklar gistologiyasi, morfologiyasi boʻyicha mutaxassis, biologiya fanlari doktori (1983), professor (1991). 2026 yil 2iyunda vafot etdilar.

Biografiyasi Igor Vladimirovich Belolipov 1938-yil 20-fevral kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. 1946—1956-yillarda Toshkentdagi 98-maktabda oʻqigan. 1956—1961-yilda Toshkent qishloq xoʻjalik institutining oʻrmon xoʻjaligi fakultetida tahsil olgan. 1961—1962-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademik Fyodor Nikolayevich Rusanov nomidagi Toshkent botanika bogʻining katta laborant, 1962—1963-yillarda mazkur bogʻda kichik ilmiy xodim, 1963—1966-yillarda aspirant, 1966—1968-yillarda Toshkent botanika bogʻida kichik ilmiy xodim, 1968—1978-yillarda katta ilmiy xodim, 1978—1985-yillarda Toshkent botanika bogʻi „Yuksak oʻt oʻsimliklari“ laboratoriyasi mudiri, 1985—2004-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti botanika kafedrasi mudiri, 1988—1991-yillarda qishloq xoʻjaligi instituti meva-sabzavotchilik va oʻrmon xoʻjaligi fakulteti dekani, 2004—2010-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti ekologiya va botanika kafedrasi professori, 2010—2017-yillarda universitetning qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi va fitopatologiya kafedrasi professori, 2015—2017-yillarda botanika va agrobiotexnologiya kafedrasi professori, 2017—2018-yillarda dorivor o‘simliklar va botanika kafedrasi professori vazifasida faoliyat olib borgan. 2018-yildan Toshkent davlat agrar universiteti qishloq xo‘jaligida ekologik xavfsizlik va botanika kafedrasining professori.

Ilmiy faoliyati Igor Belolipov 350 ta ilmiy ishlar, jumladan 3 ta darslik, 15 ta oʻquv qoʻllanma, 30 ta uslubiy qoʻllanma, 6 uslubiy tavsiya, 4 ta monografiya muallifi.1967-yilda mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, biologiya fanlari nomzodi, 1983-yilda „Oʻrta Osiyo florasidagi oʻtli oʻsimliklar introduksiyasi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlab, biologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. Igor Belolipov Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan burchoqdoshlar oilasi, astragal turkumiga kiruvchi gulli oʻsimlik turi Belolipov astragalini oʻstirgan.

Mukofotlari Igor Belolipov 1999-yilda „Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni, 2002-yil 26-avgustda „Doʻstlik“ ordeni, 2017-yil 7-dekabrda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston olimlari Turkum:Biologiya fanlari doktorlari Turkum:Oʻzbekiston professorlari