Xodjayeva Dilnoza Shavkatovna – 1967-yil 19-yanvarda Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida tugʻulgan. Falsafa fanlar nomzodi, dotsent, 2021-yildan buyon Qoʻqon davlat pedagogika instituti rektori lavozimida ishlab kelmoqda. Qoʻqon davlat pedagogika instituti rektori.

Faoliyati 1984—1989-yillar — Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabasi;

1989—1991-yillar — Toshkent davlat pedagogika instituti ilmiy hodimi;

1991—1995-yillar — Toshkent davlat pedagogika instituti aspiranti;

1995—2002-yillar — Qoʻqon davlat pedagogika instituti rus tili tilshunoslik kafedra oʻqituvchisi;

2002—2005-yillar — Qoʻqon davlat pedagogika instituti rus tili kafedras mudirasi;

2006—2008-yillar — Qoʻqon davlat pedagogika instituti ilmiy boʻlim boshligʻi;

2008—2012-yillar — Qoʻqon davlat pedagogika instituti ilmiy ishlar boʻyicha prorektor vazifa bajaruvchisi;

2012—2018-yillar — Qoʻqon davlat pedagogika instituti ilmiy ishlar boʻyicha prorektor;

2018—2021-yillar — Qoʻqon davlat pedagogika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor;

2021—hozirga qadar — Qoʻqon davlat pedagogika instituti rektori.

Xalqaro eʼtirof Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi Tilshunoslik instituti Faxriy professori, shuningdek, institutning "Turkologiya" xalqaro ilmiy jurnalining tahrir hay’ati aʼzosi.

Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti (Belarus) Faxriy professori. Manbalar

Turkum:Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari

Turkum:Deputatlar